Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Yangi ta’mirdan chiqqan «Istiqlol» stadionidagi ilk o‘yin — «Neftchi» - «Navbahor»

Yangi ta’mirdan chiqqan «Istiqlol» stadionidagi ilk o‘yin — «Neftchi» - «Navbahor»

Baho:
+ | -

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ta’mirlash ishlari yakunlangan Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” o‘yingohida bo‘ldi. Xalqaro talablarga mos sport arenasiga aylanayotgan o‘yingohda yakuniy sinov jarayonlari amalga oshirilmoqda.

2022 yilning yanvar oyidan buyon amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari doirasida asosiy futbol maydoni ostida joylashgan drenaj tizimi to‘liq yangilanib, futbol maydonini sug‘orish uchun Yevropa standartlariga mos keladigan avtomatlashtirilgan qurilmalar o‘rnatildi. Maydonda xorijdan 4 faslga moslashgan 2 xil turdagi “Turfline YE” hamda “Genta” maysa urug‘lari olib kelib ekilib, ayni kunda yam-yashil unib chiqqan chimlarni ko‘rish mumkin. Ularni parvarishlash uchun xorijdan yangi zamonaviy maxsus texnika vositalari olib kelingan.

Futbol maydoni atrofida joylashgan yugurish yo‘lakchalari ham qayta ta’mirlandi. Umumiy binolarni ham ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, futbol maydonini yoritish tizimi Osiyo Futbol Konfederasiyasi talablariga mos keladigan 1800 lyuks quvvatga ega bo‘ldi.

20 ming tomoshabin sig‘imiga ega stadionda 18 oktyabr kuni 2022 yilgi Superliga ikkinchi davrasi markaziy o‘yinlardan biri – Farg‘onaning “Neftchi” hamda Namanganning “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi mas’ullar bilan o‘yingohda yakuniy ta’mirlash-sinov jarayonlarining borishini muhokama qildi. Maydon atrofiga reklama tablolarini o‘rnatish, tomoshabinlar o‘rindiqlari joylashuvi qiyofasini yanada jozibador qilish uchun mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi, muxlislar uchun kerakli barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Manba: fergana.uz
Kiritildi: 12:04, 24.09.2022.
O'qildi: 4906 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик