Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Millatlar Ligasi. Portugaliya Chexiyani tor-mor etdi, Ispaniya esa Shveysariyaga mag‘lub bo‘ldi

Millatlar Ligasi. Portugaliya Chexiyani tor-mor etdi, Ispaniya esa Shveysariyaga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Millatlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 24 sentyabr tunida bo‘lib o‘tdi.

Portugaliya Chexiya bilan bahs olib bordi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Portugaliya safida Diogu Jota va Brunu Fernandesh bittadan gol urgan bo‘lsa, Diogu Dalot dublni rasmiylashtirdi.

Ispaniya esa, kutilmaganda, Shveysariyaga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning 21-daqiqasida Manuel Akanji hisobni ochdi. 55-daqiqada Jordi Alba muvozanatni tikladi. Biroq 3 daqiqadan so‘ng Erik Garsiya o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Natijada A ligasining 2-guruhida Portugaliya 10 ochko bilan peshqadamga aylandi. Ushbu jamoa so‘nggi turda 27 sentyabr kuni 8 ochko to‘plab turgan Ispaniyani o‘z uyida qabul qiladi. Mazkur bahs final bosqichiga chiqadigan jamoa nomini aniqlab beradi.

Serbiya Shvesiya ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shotlandiya esa Irlandiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Millatlar ligasi, 5-tur bahslari
24 sentyabr, shanba

Chexiya – Portugaliya 0:4
Gollar: 0:1 – 33 Diogu Dalot, 0:2 – 45 Brunu Fernandesh, 0:3 – 52 Diogu Dalot, 0:4 – 82 Diogu Jota.
Chexiya: Vaslik, Soufal, Brabes (Kudela, 22), Yemelka, Zima, Zeleni (Vlkanova, 64), Souchek (Kuxta, 77), Kral, Barak (Shevchik, 63), Shik, Glojek (Cherni, 64).
Portugaliya: Diogu Koshta, Diogu Dalot, Danilu Pereyra (Joau Mariu, 84), Ruben Diash, Mariu Ruy, Vilyam Karvalyu (Palinya, 77), Brunu Fernandesh (Mateush Nunesh, 77), Bernardu Silva (Rikardu Orta, 67), Ruben Nevesh, Ronaldu, Rafael Leau (Diogu Jota, 67).

Ispaniya – Shveysariya 1:2
Gollar: 0:1 – 21 Akanji, 1:1 – 55 Alba, 1:2 – 58  Erik Garsiya (avtogol).
Ispaniya: Unai Simon, Aspilikueta (Soler, 87), Pau Torres, Erik Garsiya, Alba, Buskets, Pedri (Lyorente, 70), Gavi, Sarabiya (Uilyams, 63), Asensio (Iglesias, 63), Ferran Torres (Pino, 63).
Shveysariya: Zommer, Vidmer, Elvedi, Akanji, Rodriges (Shteffen, 46), Shakiri (NdoYE, 68), Jaka, Froyler, Sou (Zakariya, 68), Vargas (Ebisher, 79), Embolo (Seferovich, 87).
Ogohlantirishlar: Akanji (44), Omlin (82).

Shotlandiya – Irlandiya 2:1
Gollar: 0:1 – 18 Igan, 1:1 – 49 Hendri, 2:1 – 82 Kristi (penalti).

Isroil – Albaniya 2:1
Gollar: 1:0 – 46 Veysman, 1:1 – 88 Uzuni, 2:1 – 90 Baribo.

Sloveniya – Norvegiya 2:1
Gollar: 0:1 – 47 Holand, 1:1 – 69 Shporar, 2:1 – 81 Sheshko.

Serbiya – Shvesiya 4:1
Gollar: 0:1 – 15 Klasson, 1:1 – 18 Mitrovich, 2:1 – 45 Mitrovich, 3:1 – 48 Mitrovich, 4:1 – 70 Lukich.

Shimoliy Irlandiya – Kosovo 2:1
Gollar: 0:1 – 58 Muriki, 1:1 – 82 Uayt, 2:1 – 90 Majennis.

Kipr – Gresiya 1:0
Gol: 1:0 – 18 Sionis.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:57, 25.09.2022.
O'qildi: 5363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик