Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Noyabr oyidagi FIFA kunlariga aniqlik kiritildi

Noyabr oyidagi FIFA kunlariga aniqlik kiritildi

Baho:
+ | -

FIFA 2022 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishda milliy terma jamoalar faoliyatiga aniqlik kiritdi.

«Butun dunyo yil oxirida Qatarda bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati boshlanishini intiqlik bilan kutar ekan, FIFA fursatdan foydalanib, o‘rtoqlik o‘yinlariga yondashuv va musobaqa oldidan tayyorgarlik davri uchun futbolchilarni qo‘yib yuborish masalasiga oydinlik kiritdi», deyiladi tashkilot xabarida.

Qayd etilishicha, 2015 yilda FIFA Ijroiya qo‘mitasi 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik davri 2022 yilning 14–20 noyabr kunlari qilib belgilagan edi. Ushbu tayyorgarlik davri barcha futbolchilarni o‘z klublari tomonidan chempionatda ishtirok etuvchi 32 ta a’zo assosiasiyalar terma jamoalariga majburiy ravishda qo‘yib yuborishni talab qiladi.

Bu 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati, Status va transfer qoidalarining tegishli bandlariga asoslanadi. Bundan tashqari, ushbu qoidalar bo‘yicha qo‘yib yuborilgan barcha futbolchilar o‘z terma jamoasida faol bo‘lishlari sharti bilan FIFA Klublarni himoya qilish dasturi («CPP») tomonidan o‘sha davr va turnir davomida himoyalanadi.

FIFA 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun klublar o‘rtasidagi ichki musobaqalar taqvimini kuzatib bordi. Futbolchilar TJlarda musobaqaga tayyorgarlik davrini o‘tashi uchun 2022 yil 14 noyabrdan boshlab mavsumni vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Bundan tashqari, FIFA 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi ko‘plab a’zo assosiasiyalar tayyorgarlik doirasida unda ishtirok etmayotgan assosiasiyalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazayotganidan, boshqa ishtirok etmayotgan a’zo assosiasiyalar ham o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etayotganidan xabardor.

Shuni ta’kidlash kerakki, tashkilot yuqorida qayd etilgan ichki taqvim tendensiyalari hamda o‘rtoqlik o‘yinlari JCHda ishtirok etmaydigan a’zo assosiasiyalar uchun ham yagona sport qoidasi bo‘lishini eslatadi.

FIFA barcha klublar futbolchilari va JCHda ishtirok etmayotgan a’zo assosiasiyalarni 14-20 noyabr oralig‘idagi tayyorgarlik davrida o‘rtoqlik uchrashuvlarini rejalashtirishga chaqiradi.

«Ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlash va manfaatdor klublarni himoya qilish uchun uchun FIFA ushbu davr mobaynida bo‘lib o‘tadigan barcha o‘rtoqlik uchrashuvlarini moliyalashtirish va CPP qamrovini kengaytirish bo‘yicha favqulodda qadam tashladi», deyilgan xabarda.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:57, 25.09.2022.
O'qildi: 3489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.