Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

«Qo‘qon-1912» - «Neftchi» o‘rtoqlik o‘yinida durang qayd etildi

«Qo‘qon-1912» - «Neftchi» o‘rtoqlik o‘yinida durang qayd etildi

Baho:
+ | -

FIFA kunlari munosabati bilan superliga o‘yinlarida tanaffus yuzaga kelganidan xabaringiz bor. Shu tanaffus vaqtida futbolchilarning o‘yin amaliyotlarini saqlab turishlari uchun jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etishmoqda. Bugun Qo‘qondagi “markaziy” stadionida “Qo‘qon-1912” hamda “Neftchi” jamoalari o‘zaro nazorat-o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi.

Bu uchrashuvda har ikki jamoalarning bosh murabbiylari tarkibdagi barcha futbolchilarni maydonga tushirishga harakat qilishdi. Davron Fayziyev o‘yinning har ikkala taymi uchun alohida tarkib tanladi.

Uchrashuvning 1-bo‘limida ustunlik asosan jamoamiz futbolchilari tomonida bo‘ldi. Ilk daqiqadayoq hisob ochilishi mumkin edi. Murodjon Komilovga so‘nggi zarbani yo‘llashga raqib himoyachilari imkon berishmadi.

26-daqiqada jarima zarbasini San’at Shixov juda chiroyli tarzda amalga oshirdi. Uning uzatmasidan so‘ng raqib posboni to‘pni mushtlari bilan urib yubordi. Qaytgan to‘pga egalik qilgan yosh hujumchimiz  Murodjon Komilov bir raqibni chalg‘itib darvoza tomon zarba yo‘lladi. Darvozaga kirib ketayotgan to‘pni himoyachi qaytarib qoldi.SHuningdek Bilolxon Toshmirzayev, San’at Shixov hamda Sardor Azimovlarda ham gol kiritish uchun vaziyatlar bo‘ldi.

O‘yinning 2-bo‘limi ham qizg‘in kurashlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Raqiblarimiz safida Abror Ismoilov faolligi bilan ajralib turgan bo‘lsa, vakillarimiz ko‘proq aniq paslar orqali kombinasion hujumlar tashkil qilishga harakat qilishdi. 2-bo‘lim davomida Quvondiq Ro‘ziyev hamda Murod Xolmuhammedovlarning “Neftchi” darvozasi tomon yo‘llagan zarbalari esda qolarli bo‘ldi.

Yakunda har ikki jamoa futbolchilari ham harchand urinishmasin darvozalarga yo‘l topilmadi.

O‘rtoqlik o‘yini.
27 sentyabr, soat 16:00. “Markaziy” stadioni, Qo‘qon shahri.
“Qo‘qon-1912” – “Neftchi”  0-0
“Qo‘qon-1912” (1-taym): 21.Islom Abdullayev,5.Slavko Lukich, 6.Dilshod Rahmatullayev, 8. San’at Shixov, 9.Andrey Sidorov, 13.Sardor Azimov, 14.Avazxon Mamatxo‘jayev, 15.Oybek Rustamov, 20.Murodjon Komilov, 22.Sardor Yetvoqo‘ziyev,  70.Bilolxon Toshmirzayev
(2-taym): Muzaffar Abdullayev, 4. Ilhom Vahobov, 5.Slavko Lukich, 6.Dilshod Rahmatullayev, 7.Jamshid Hasanov, 11.SHohnazar Norbekov, 13.Sardor Azimov, 17.Quvondiq Ro‘ziyev, 20.Murodjon Komilov. 23.Aleksandr Merzlyakov, 77.Murodjon Xolmuhammedov.
“Neftchi”: 69.Evgeniy Konyuxov, 8.Salamat Quttiboyev, 26.Aleksey Larin, 31.Nodirxon Ne’matxonov. 22.Umar Adhamzoda , 6 .Sirojiddin Qo‘ziyev, 28.Fozil Musayev, 19.Mirzohid G‘ofurov, , 13.Lutfulla To‘rayev, 9 .Sunnatillo Abdullajonov, 11.Izzatilla Abdullayev.
Zaxiradagilar: 44.Darko Stanoyevich, 21.Muhsin Ubaydullayev, 88.Doniyor Valiyev, 25.Doniyor Madaminov, 70.Abbos G‘ulomov, 46.SHahzod Ubaydullayev, 76. Fahriddin Muhammadov, 77.Abrorbek Ismoilov

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 22:26, 27.09.2022.
O'qildi: 1112 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.