Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Ravshan Eliboyev: «Bahrayn bilan chiroyli o‘yin ko‘rsatamiz»

Ravshan Eliboyev: «Bahrayn bilan chiroyli o‘yin ko‘rsatamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboyev Kuvaytda davom etayotgan Osiyo kubogi bahslari va Bahraynga qarshi uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Musobaqa tashkilotchiligi haqida
— Turnir yaxshi tashkil etilgan. Bizni yaxshi kutib olishdi, sharoitlar tashkil etib berishdi.

— O‘tkazilgan ikki o‘yin haqida
— Raqiblarimizni yaxshi o‘rganib chiqdik. Xususan, Turkmaniston bilan kechgan o‘yinda ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik va ulardan foydalana oldik. Tojikistonga qarshi o‘yinga keladigan bo‘lsak, uchrashuvni yaxshi boshladik. Biroq keyingi taymda Tojikiston ham o‘yinni o‘z tarafiga og‘dirishga harakat qila boshladi. Ular bilan juda ko‘p to‘qnash keldik. Shu sababli ular bizni yaxshi o‘rgangan va bu narsalar o‘yinda qo‘l keldi. Asosiysi, uch ochkoni qo‘lga kiritdik va keyingi bosqichga chiqdik deb o‘ylayman.

— Jamoani ruhlantirish va Tojikiston bilan o‘yindagi seyvlar haqida
— Har bitta o‘yindan oldin hamma konsentrasiyasini jamlab, o‘zini ruhan tayyorlab chiqadi. Aslida hamma narsa tajribani ortidan keladi. Biz bu jamoa bilan Jahon chempionatida o‘ynadik, shu sababli baribir tajriba o‘z so‘zini aytdi. Har qanday bosim va qiyin vaziyatda bu narsa sizga qo‘l keladi.

— O‘tkazib yuborilgan gollar haqida
— Imkon qadar darvoza daxlsizligini saqlashga harakat qildim. Lekin har ikkala golda ham imkon qadar urindim, lekin raqib ham o‘ziga yarasha potensiali yuqori futzalchi edi, shu sababli ular ham imkoniyatdan foydalana olishdi.

— Bahrayn bilan bo‘ladigan o‘yin haqida
— Bundan ham chiroyli o‘yinlar ko‘rsatishga imkonimiz bor, sheriklarimga ishonaman. Bahraynga keladigan bo‘lsak, raqibni o‘rganmoqdamiz. O‘tgan o‘yinlardagi xatolarni ko‘rib chiqib, bu bahsda ularni takrorlamaslikka harakat qilamiz. O‘ylaymanki, Bahrayn bilan chiroyli o‘yin ko‘rsatamiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:32, 01.10.2022.
O'qildi: 1703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик