Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

“Manchester Siti” akademiyasidan chiqqan yulduzlarga nazar tashlaymiz

“Manchester Siti” akademiyasidan chiqqan yulduzlarga nazar tashlaymiz

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" haqida gapirganda, birinchi navbatda klub qaysi futbolchilar bilan shartnoma imzolagani va transfer bozoriga qancha mablag‘ sarflagani e’tiborni tortadi. Shu bilan birga, ko‘plab taniqli futbolchilar shakllangan "shaharliklar" akademiyasiga kam odam e’tibor beradi. Keling, bugun "Manchester Siti" akademiyasidan yetishib chiqqan yulduzlar haqida gaplashamniz.

Shon Rayt-Filips

Londonda tug‘ilgan va "Arsenal" afsonasi Ian Raytning o‘g‘li Shon "kanonirlar" bilan hech qanday bog‘liq tarafi yo‘q. Rayt-Filips o‘zining futbol yo‘lini “Nottingem Forestda” boshladi, shundan so‘ng u “Manchester Siti” akademiyasiga ko‘chib o‘tdi. Sobiq futbolchi 12 yilni "shaharliklar" tizimida o‘tkazdi. U 4 marta “Manchester Siti”ning eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga sazovor bo‘lgan va bu sovrinni asosiy tarkibda bir marta olgan. 2005 yilning yozida Rayt-Filips 31,5 million yevro evaziga "Chelsi"ga o‘tdi. "Ko‘klar" bilan birgalikda Shon Angliya chempioni bo‘ldi, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, shundan so‘ng u "shaharliklar"ga qaytdi. Uning faoliyati, shuningdek, “QPR”, “Nyu-York Red Bullz”, “Arizona Yunayted” va “Feniks Rayzing”ni o‘z ichiga olgan.

Daniel Starrij

Starrij "Chelsi" va "Liverpul"da o‘ynagani bilan mashhur. Bu klublarning har biri bilan hujumchi Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, biroq uning uchun katta futbolga yo‘l “Manchester Siti” akademiyasidan boshlandi. To‘g‘ri, Danielning "shaharliklar" tarkibidagi davrini muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. U "Manchester Siti"da atigi 32ta o‘yin o‘tkazgan. "Chelsi" va "Liverpul"dagi o‘yinlar Starrij uchun yana-da muvaffaqiyatli bo‘ldi, garchi bu klublarning har biri uni ijaraga olgan edi. Shundan so‘ng futbolchi faoliyatida Turkiyaning "Trabzonspor" va Avstraliyaning "Pert Glori" klublari o‘ynagan. U iyul oyidan beri erkin agent hisoblanadi.

Mayk Richards

Richardsni “Manchester Siti” faxriysi deb hisoblash mumkin. Sobiq himoyachi “shaharliklar” tizimida 13 yilni o‘tkazdi - 2001 yildan 2014 yilgacha. 2014 yilda ingliz futbolchisi "Fiorentina"ga ijara asosida yo‘l oldi, shundan so‘ng erkin agent sifatida "Aston Villa"ga o‘tdi. U yerda u 2019 yilda faoliyatini yakunladi. Richards o‘z klubida yaxshi vaqtlarni ko‘rdi, garchi u so‘nggi mavsumlarda kam o‘ynagan bo‘lsa-da. "Manchester Siti" bilan birgalikda sobiq futbolchi Angliya chempioni bo‘ldi, mamlakat kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritdi.

Kasper Shmeyxel

Peter Shmeyxel 8 yil davomida "Manchester Yunayted" darvozasini himoya qildi va faoliyatining so‘nggi yilini "Manchester Siti"da o‘tkazdi. "Manchester Yunayted" bilan munosabatlari uzoqroq bo‘lganiga qaramay, uning o‘g‘li “shaharliklar” akademiyasini bitirgan. Biroq Kasper “Siti”da eng yaxshi davrni o‘tkazmadi. U ijara asosida ko‘p sayohat qildi va jamoa safida bor-yo‘g‘i 10 ta o‘yin o‘tkazdi, chunki Jo Xart bilan raqobatda g‘alaba qozona olmadi. Shmeyxel faoliyatining eng yaxshi davrini “Lester”da o‘tkazdi. "Tulkilar" bilan birga daniyalik ikkinchi divizion a’zosidan Angliya chempionligigacha yetib bordi. Hozir 35 yoshli darvozabon "Nissa"da o‘ynamoqda.

Kiran Tripyer

Tripyer 9 yoshida “Manchester Siti” akademiyasiga kelib qo‘shilgan. Kiran bir necha bor ijaraga berildi va jamoaga Angliyaning yoshlar kubogini yutishda yordam berdi, lekin hech qachon asosiy jamoada o‘ynamagan. Shu bilan birga, futbolchining karerasi muvaffaqiyatsiz rivojlanmoqda, deyish mumkin emas. "Manchester Siti"ni tark etgach, Tripyer "Tottenxem" bilan Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va "Atletiko Madrid" bilan Ispaniya chempioniga aylandi. 32 yoshli himoyachi hozirda "Nyukasl Yunayted"da o‘ynaydi. Tajribali himoyachi murabbiy Eddi Xou bilan birgalikda ko‘p yillik muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng “magpilar”ning yaxshilanishiga yordam bermoqda.

Jeydon Sancho

Tripyer kabi Sancho ham “Manchester Siti” asosiy jamoasida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. To‘g‘ri, Jeydon klubda ancha kam vaqt o‘tkazdi, atigi 2 yil. Dortmundning “Borussiya” klubi uni “shaharliklar”dan 21 million yevroga sotib olgan va yosh vingerga e’tibor qaratgan. 4 yildan so‘ng Sancho Manchesterga qaytdi, ammo "Siti"ga emas. 2021 yilning iyulida “Manchester Yunayted” futbolchini “asalarilar”dan 85 million yevroga sotib olgandi. "Old Trafford"dagi birinchi mavsum Jeydon uchun unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi. U bu mavsumda yaxshiroq harakat qilmoqda, ammo qanot hujumchisining asosiy o‘yinlari hali oldinda.

Fil Foden

Foden "Manchester Siti"ning so‘nggi yillardagi eng yorqin tarbiyalanuvchisidir. Futbolchi 2009 yildan beri klub tizimida. U jamoadagi ilk debyutini 17 yoshida qilgan. 22 yoshli yarim himoyachi hozirda to‘rt karra Angliya chempioni, to‘rt karra Liga kubogi sohibi, ikki karra Superkubok va Angliya kubogi sohibi. Bundan tashqari, u ikki marta APLning eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga sazovor bo‘lgan. Futbolchini “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va uning sobiq yordamchisi Mikel Arteta kashf qilgan. Arteta angliyalikni cheksiz salohiyatga ega futbolchi deb biladi. Kim biladi, balki ular yana birga ishlashar.

Kiritildi: 12:11, 04.10.2022.
O'qildi: 4794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.