Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

"Chempionlar ligasining eng yaxshi kechalari "Liverpul"da bo‘ladi" - Mane "qizillar" safidagi davrini esladi

"Chempionlar ligasining eng yaxshi kechalari "Liverpul"da bo‘ladi" - Mane "qizillar" safidagi davrini esladi

Baho:
+ | -

"Bavariya" vingeri Sadio Mane oxirgi matbuot anjumanida jurnalistlarning "Liverpul"dagi faoliyati haqidagi savollariga javob berdi.

“Bu vaqtni hech qachon unutmayman. U yerda futbolchi sifatida ham, shaxs sifatida ham ko‘p narsalarni o‘rgandim. Ajoyib muxlislar va aholi bor.

Bu klub mening qalbimda abadiy qoladi. Bu afsonaviy klub. U barcha mumkin bo‘lgan sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasining eng yaxshi kechalari u yerda sodir bo‘ladi. Ular ajoyib".

Mane Chempionlar ligasi o‘yinlari unga eng ko‘p yoqqanini qayd etdi.

“Chempionlar ligasi – ajoyib turnir. Bu har bir futbolchining orzusi. Esimda, ulg‘ayganimda, hatto milliy chempionatlarni ham ko‘rmaganman, faqat Chempionlar ligasini ko‘rar edim. Milliy chempionatlar haqida esa hech narsa bilmasdim.

Men hattoki Premyer-ligani faqat 2012 yilda tomosha qila boshlaganman. Chempionlar ligasini esa 2006 yildan, hatto 2005 yildan beri kuzatib kelaman – "Liverpul" "Milan" bilan qanday kurashganini eslayman.

Do‘stlar bilan televizor qarshisida o‘tirish. Shu paytdan boshlab men Chempionlar ligasini kuzatishni boshladim. 2006 yilgi finalni yaxshi eslayman, bu finalda "Barsa" g‘alaba qozongandi. Bu aql bovar qilmaydigan turnir”.

"Liverpul" bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish haqida.

"Men Divok Origi urgan ikkinchi golni yaxshi eslayman. Bu mutlaqo ajoyib gol edi. Ko‘zlarimga ishonmadim. Bu o‘yin meni Chempionlar ligasini tomosha qilgan bolaligimga qaytardi.

Turnir atrofidagi hayajonni tomosha qilib, judayam zavqlandim. Va endi o‘zim hamma narsaning markazida. Bu aql bovar qilmaydigan narsa edi. 2019 yil unutilmas yil bo‘ldi.

O‘sha jamoa, bayramlar... Hammasini his qilish uchun u yerda bo‘lish kerak. Menimcha, chempionlar paradida bizni kubok bilan kutib olish uchun yarim million odam ko‘chaga chiqdi. Bu ajoyib edi!", - dedi Mane.

Kiritildi: 21:20, 04.10.2022.
O'qildi: 2199 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик