"Real" "Benfika" markaziy himoyachisi Antoniu Silvaning atrofidagi voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Ispaniya matbuoti yozmoqda.
E’tiborli tomoni, Antoniu endigina 18 yoshda. U "Benfika" tarbiyalanuvchisi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Antoniu bu mavsumda "burgutlar"ning asosiy tayanch yarim himoyasiining bir qismidir. Kecha u Lissabonga Chempionlar ligasida "PSJ"dan ochko olib ketishga yordam berdi.
Silva o‘z vatanida Ruben Diasdan ham iqtidorli sanaladi.