Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Bir o‘yinda 4ta qizil kartochka!

Bir o‘yinda 4ta qizil kartochka!

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Fransiya va Polsha yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kam kuzatiladigan holat ro‘y berdi - 4ta qizil kartochka!

 Yo‘q, bunaqasi ba’zan uchrab turadi, albatta. Lekin bir tomondan maydondagi 4 nafar futbolchining «qizil» olishi... Xullas, Fransiya U-18 jamoasi o‘yin davomida 7 kishi bo‘lib qoldi va hakam reglamentga muvofiq, o‘yinni muddatidan oldin to‘xtatdi.

Raqibga bosh bilan zarba, chetlatishlar, mushtlashuv - 25 sentyabr kuni Fransiya va Polsha yoshlar terma jamoalari o‘rtasida bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida qandaydir jinnilik kuzatildi. Bunda fransiyalik futbolchilar o‘ta qo‘pol harakatlari bilan ajralib turishdi. To‘g‘ri, ikkinchi bo‘limning dastlabki 10 daqiqagacha maydonda son bo‘yicha tenglik saqlanib turdi. Shundan so‘ng fransiyaliklar birin-ketin «qizil» terishga tushdilar. 55 va 61-daqiqalarda Iles Xousni hamda Januyel Belocian hakamdan «nasiba» olishgach, Fransiya termasi maydonda 9 kishi bo‘lib qoldi. Bu vaqtda hisob 2:2 edi. 70-daqiqaga kelib, polyaklar uchinchi golni ham urishdi, bunga Malang Gomis qo‘pollik bilan javob berib, o‘ziga tegishli «qizil»ni oldi va jamoasini umuman mushkul holatda qoldirdi. 

Bu hali hammasi emasdi. «Sent-Etyen» klubining 16 yoshli vakili Darnell Bayl 75-daqiqada raqibiga boshi bilan zarba berdi va referi uni ham maydondan chetlatishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa Fransiya termasi final hushtagi chalinishiga 15 daqiqacha qolgan bir pallada 7 kishi bo‘lib qoldi. Bu futbol qoidalarga ko‘ra, o‘yinni muddatidan oldin to‘xtatish kerakligini anglatardi va referi xuddi shunday qildi. Oxir-oqibat, 3:2 hisobi bekor bo‘ldi va Fransiya termasiga texnik mag‘lubiyat, polshaliklarga esa shunday g‘alaba yozildi. Goal nashrida yozilishicha, aybdor jamoa bosh murabbiyi o‘yindan keyin kiyinish xonasidayoq shogirdlariga o‘rinli tanbeh bergan: «Unutmang, bunday qo‘pol va chidam bo‘lmas o‘yin bilan sizlarni milliy jamoaga eltadigan yo‘lni o‘zinglar yopib qo‘yasizlar...».

Joriy mavsum Fransiya elit divizioni - Liga 1ning dastlabki 8ta turida jami 33ta qizil kartochka qayd etildi. Bu Yevropaning kuchli 5ta ligasi uchun mutlaq ko‘rsatkichdir. Ko‘rinishidan, Liga 1ga «munosib» kelajak kadrlari o‘sib kelishmoqda...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:39, 07.10.2022.
O'qildi: 2748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.