Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

«Charm to‘p» shaydosi O‘ktam Uzoqov nima deydi?

«Charm to‘p» shaydosi O‘ktam Uzoqov nima deydi?

Baho:
+ | -

Futbolni millionlar o‘yini deb bejizga ta’rif va tavsif etmaymiz. Unga  oshno tutingan muxlis doimo ishqibozlik deb nomlangan bedavo dard bilan yashaydi.

Suhbatdoshimiz «Nasaf» PFK «FAN» klubi a’zosi O‘ktam Uzoqov ham bir necha yildirki, muxlislik maktabi pillapoyalaridan dadil odimlab kelayapti.

- Futbolga qiziqishingiz qanday bo‘lgan?

- Padari buzrukvorim ham «charm to‘p» shaydosi. «Spartak» (Moskva) o‘yinlarining ashaddiy ishqibozi. «O‘g‘lim, o‘ynasang mana bulardek kombinasion usul ko‘rsat», - deb meni ham katta futbol bo‘sag‘asiga boshlagan otajonim bo‘ladi.

- «Nasaf»ga bo‘lgan muxlislik damlarini qanday eslaysiz?

- O‘tgan asrning 80-yillari Qarshi shahar futboli «Geolog», «Qarshistroy», «Dinamo-Nasaf» nomlari bilan faoliyat yuritdi. Mustaqillik yillarida jamoamiz birinchi ligada qatnashdi. 1997 yilda «Nasaf»ni oliy ligada to‘p surishi bilan futbol fidoiysi Ozod Parmonov tashabbuskorligida xayrli ishlar amalga oshirildi. Ilk bor norasmiy tarzda «FAN» klub tashkil etib, o‘z hisobimizdan mablag‘ to‘pladik. Bayroq, bannerlar tayyorladik. 2000 yilga kelib, «Nasaf» PFK vise-prezidenti Norqul Daminov (oxirati obod bo‘lsin) ko‘magida «FAN» klubga asos soldik. Bu mamlakatimizdagi ilk ishqibozlar klubi desam xato bo‘lmaydi.

- «Nasaf» bilan bog‘liq shirin xotiralar haqida nimalarni qo‘shimcha qilasiz?

- Eh-he, buni sanab adog‘iga yetolmayman. Ilk bor «Nasaf»ni bronza medal olgani, shundan so‘ng to‘qqiz marta 3-o‘rin sohibi bo‘lgani, uch bor vise-chempionlikka erishganligi-yu, superkubokka ega chiqishi, ikki marta O‘zbekiston kubogi o‘yinlaridagi g‘alabani aytmaysizmi. Yoxud 2011 yil OFK kubogidagi zafarli odim bir umr xotiramizda...

- Shodlik bilan alamli damlar yonma-yon yuradi de­yishadi.

- Albatta, futbolda ham hamma vaqt g‘alabali onlar bo‘lmaydi. Bir yil «Andijon»ga yutqazganimizda klubimiz a’zolari zo‘rg‘a o‘zimga keltirib olishgan. Yig‘laganimdan ko‘zlarim qizarib, shishib ketgan ekan. 2021 yilda OFK kubogining finalidagi mag‘lubiyat ham sochimni oqartirib, hatto qoshimga ham ta’sir etdi.

- Futbol tufayli dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgansiz. Shu tarixiy lahzalarni qanday eslaysiz?

- Ayni dolzarb damlarni yodga soldingiz. Abdurahmon Fozilov zukko, bilimdon, madaniyatli muxlis hamda yetakchi. «Nasaf» bilan Hindiston, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Bahraynda bo‘lgan bo‘lsam, O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab quvvatlash uchun Misr, Avstraliya, Xitoy, Qatar, BAA davlatlariga safar uyushtirganmiz. «O‘zbekiston» nomini baralla, jo‘r ovozda takrorlab, g‘alabali daqiqalarga sherik bo‘lganligimdan baxtiyorman. Bu bilan xorijlik hamkasblarimizdan ishqibozlik bo‘yicha aslo kam emasligimizni namoyish etganmiz.

- Yaqinda Ro‘ziqul Berdiyev ayrim muxlislarni xoinlikda aybladi. Bunga munosabatingiz?

- Ushbu voqeani bizni «FAN» klubi a’zolari emas, boshqa sektorda o‘tirgan ishqibozlar sodir etishgan. Albatta, nojo‘ya xatti-harakat e’tiborsiz qolmaydi. Markaziy stadionda videokameralar orqali barcha vaziyat ko‘rinib turadi. Bu bo‘yicha biz ham o‘zimizga tegishli xulosalarni chiqarib oldik. Haqiqiy muxlis sevimli jamoasiga hamma vaqt sodiq bo‘lish kerak. Shuning o‘zi muxlislik madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:29, 07.10.2022.
O'qildi: 1712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.