Taniqli futbolchi Dimitri Payet Liga 1da 100 ta gol va undan ortiq assistda ishtirok etgan noyob futbolchilardan biriga aylandi. U jami 4 klubda ushbu natijani qayd etishga erishdi. Yaqin yillar ichida faqat Mbappe bu ko‘rsatkichlarni takrorlashi mumkindek tuyulmoqda. “Marsel” – “Ayachcho” (1:2) uchrashuvida Dimitri Payet hisobni ochdi – gol fransuz uchun Fransiya chempionatidagi yuzinchisi bo‘ldi. Dimitri liga tarixida 100 ta gol urgan va 100dan ortiq golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi. Payetga 213 natijani (100 gol 113 assist) qayd etish uchun 4 klub, 17 mavsum, 476 ta uchrashuv yoki bo‘lmasa 34 000 daqiqa kerak bo‘ldi.
• 100 golgacha u jami 378 ta zarba bergan (FbRef ma’lumotlari), ulardan 16 tasi penaltilardan bo‘lgan.
• Payet ichki ligada 100 ta gol urgan va shuncha golli uzatmani amalga oshirgan dunyoning o‘n birinchi futbolchisi bo‘ldi. Undan avvalgi futbolchilar sizga ma’lum: Lionel Messi (La Liga), Franchesko Totti (A seriya), Tomas Myuller (Bundesliga), Rayan Giggz (APL), Dushan Tadich (Erediviziya), Aleks de Souza (Turkiya Superligasi), Karim Benzema ( La Liga), Lendon Donovan (MLS), Ueyn Runi (APL) va Frenk Lempard (APL).
• Ammo Dimitri, albatta, o‘yinlar soni bo‘yicha ular ichida qayd etilmasligi mumkin. U Mikael Landrodan 176 o‘yinga ortda qolmoqda. Ammo bu mavsumda Payet Liga 1ning o‘zidagi kuchli o‘nlikka kirishi aniq. Klod Pyuel esa (480) bu borada yetakchilik qiladi.
• Fransiyada Payetga yetib olish qiyin bo‘ladi. Ligada hozir o‘ynayotgan futbolchilarda 100 ta gol urish muammo bo‘lmasligi mumkin. Mbappe, Lyakazett va Yedder), biroq, assistentlik borasida muammolar bor. Eng yaqin ta’qibchi Jimmi Brayant (61) edi, biroq u sentyabr oyida nafaqaga chiqqan.
• Mbappe 52 ta golli uzatmaga ega. Kilian hali yosh va agar u Fransiyada qolsa, osonlikcha golli uzatmalarni amalga oshirishi mumkin, ammo bu yil u jamoadoshlari uchun birorta ham golli uzatmani amalga oshira olmadi.