Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Kilian Mbappe yoki Gabriel Jezus? Ingliz futbolchisi o‘z tanlovini aytdi

Kilian Mbappe yoki Gabriel Jezus? Ingliz futbolchisi o‘z tanlovini aytdi

Baho:
+1 | -

"Arsenal" muxlisi hamda APL va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Darren Bent Mbappe hamda Jezusni solishtirdi. U bu tanlovda Gabriel Jezusni afzal ko‘rishini aytdi. Kecha, seshanba kuni Mbappe "PSJ"ni tark etishi haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, Mbappe hamda Fransiya chempionlari o‘rtasidagi munsoabat butunlay buzilgan. Bunga Mbappega berilgan va’dalarning ayrimlari bajarilmayotgani sabab bo‘lgan. Qolaversa, hujumchiga ayrim narsalar yoqmagan. Jumladan, klub yangi markaziy himoyachi hamda Mbappe bilan sheriklikda o‘ynaydigan hujumchi xarid qilmoqchi ekanini bildirgan. Bu esa 23 yoshli futbolchining ta’bini xira qilgan...

Sobiq ingliz futbolchisi Darren Bentning fikriga ko‘ra, Mbappe ortiqcha muammolar keltirib chiqarmoqda. Bu haqida Bent shunday deydi: "Mbappe jamoa ichida muammolar yaratishga moyil bo‘lib qolgan. Men unga Xolanddan o‘rnak olishni tavsiya qilaman. U qayerda o‘ynashidan qat’iy nazar, o‘zini qanday tutishni biladi. Masalan, uning jamoadan jamoaga ko‘chishi hech qanday muammolarsiz kechgan. U proffesionalizmning yaqqol namunasidir. Hozirga qadar Mbappe haqida gapirgan bo‘lsak, har doim muammoni ham qo‘shishga majbur bo‘ldik. Masalan, u doimo Pochettino bilan bahslashgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. O‘tgan yili u baxtli emasdi. Shu sabab "Real"ga erkin agent sifatida ketmoqchi bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, yangi shartnoma tuzdi. Hozir esa yana hayotdan xafa. Nima qilish kerak? Ha, bilaman. Mbappe fenomenal hujumchi. Ammo u kabi muammolar yaratuvchi futbolchi bilan sherik bo‘lishni istamas edim".

Ayni choqqa kelib, Mbappening keyingi klubi borasida ko‘plab bahs-munozaralar yangramoqda. Ammo "PSJ" uni "Real"ga sotish niyatida emas. "Liverpul" hujumchi uchun o‘tgan mavsumda qiziqish bildirgan edi. Yurgen Klopp ham buni tan olgan. Shuningdek, Mbappe uchun 2017 yilda "Arsenal" ham da’vo qilgan. U paytda londonliklarga Arsenal Venger ustozlik qilardi. Mbappe ham "Monako" sharafini himoyalagan. Shu sababdan "Arsenal" ham Mbappe uchun da’vogar klublar safiga qo‘shib qo‘yildi. Ha, "Arsenal" hozirda APL yetakchisi, ammo bu Mbappeni sotib olish uchun yetarli bo‘la olmaydi. Bu uchun kamida YECHL davrasi kerak. Bu haqida bam Darren Bent fikr bildirdi.

"Ayni damda Mbappe "Arsenal"ga o‘tadi? Yo‘q. Menga Jezusning o‘zi bo‘lgani ma’qul. Men bu bilan Mbappeni Jezusdan yomon demoqchi emasman. Amalda ham unday emas. Ammo hozir "Arsenal" APLda yetakchilik qilmoqda. Buni buzib qo‘yish kerak emas. Shu nuqtayi nazardan ham men Jezusni Mbappedan ustun deb bilaman".

Gabriel Jezus "Manchester Siti"dan yozda 45 million funt evaziga xarid qilingan edi. U hozirga qadar jamoada to‘purarga aylandi. Jezus "Arsenal"ga katta va’dalar bilan olib kelingani aniq. Negaki, u uchun da’vogarlar ko‘p edi. Mbappening kelishi esa hammasini buzib yuboradi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 16:36, 12.10.2022.
O'qildi: 1750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.