Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" "Liverpul" futbolchisiga ko‘z tikmoqda

"Barselona" "Liverpul" futbolchisiga ko‘z tikmoqda

Baho:
+ | -

Moliyaviy muammolardan kelib chiqib, "Barselona" so‘nggi paytlarda tekinga shartnoma imzolashi mumkin bo‘lgan futbolchilarga faol e’tibor qaratmoqda.

Yarim himoyachi Nabi Keyta "Liverpul" bilan shartnomasi tugashi sababli kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin, shu sababli kataloniya Keytani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Bu haqda Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Nabi Keyta jarohati sabab ikki oydan beri maydonga tushmadi. Transfermarkt portali 27 yoshli gvineyalik futbolchini 25 million yevroga baholamoqda.

Nabi Keyta “Liverpul” safida jami 117 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:11, 12.10.2022.
O'qildi: 4171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик