Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Bunday natijani Kilian Mbappe faoliyatidagina kuzatishingiz mumkin! Arazchi hujumchining fantastik rekordlari

Bunday natijani Kilian Mbappe faoliyatidagina kuzatishingiz mumkin! Arazchi hujumchining fantastik rekordlari

Baho:
+ | -

- Kilian Mbappe Yevromaydonda gol urish borasida yetakchiga aylanib oldi. U bu borada Ferens Pushkashni ortda qoldirgan. Ro‘yxatning keyingi pog‘onalarida Gerd Myuller, Samyuel Eto'o, Ueyn Runi, David Trezege, Rayan Giggz, Luis Suares hamda Romariolar mavjud.

- 2022 yilning sentyabr oyida Mbappe YECHLda 35 ta gol urishga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi. U shuningdek, 30, 25, 20 va 15 ta gol urgan eng yosh futbolchi ham bo‘lgandi (Messining rekordi yangilangan). YECHLda 10 ta gol urgan eng yosh futbolchi bo‘lish orqali esa, u Benzemadan o‘zib ketgan.

- Mbappe "Barselona"ga qarshi xet-trik qayd etgan 3 ta futbolchidan biridir. Qolaversa, u bir mavsumda katalonlarga qarshi 4 ta gol urgan YECHL tarixidagi ilk hujumchiga aylangan.

- Mbappe "PSJ" tarkibida yevromusobaqalarda eng ko‘p gol urgan futbolchi sanaladi. Bundan tashqari u parijliklar tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purardir.

- Kilian Mbappe YECHL chorak va yarim finallarining har ikki davrasida gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchidir. Qolaversa, u YECHLning eng yosh to‘purarlari ro‘yxatida yetakchi sanaladi.

- Mbappe YECHL doirasida jami 22 ta jamoaga qarshi bahs yuritgan. Shulardan to‘rttasigina Mbappeni zararsizlantira olgan xolos. Qolganlari bilan bahsda fransuzning omadi chopgan.

- Kilian Mbappe ingliz klublari bilan jami 12 ta o‘yin o‘tkazgan. U "Manchester Siti", "MYU", "Liverpul" hamda "Tottenxem"ning har biriga gol va assistni amalga oshira olgan.

- Mbappe 1998 yildan beri Fransiya tarkibida rasmiy o‘yinda xet-trik qayd etgan ilk hujumchi sanaladi.

- Mbappe Jahon chempionati va uning finalida gol urgan eng yosh futbolchilarning ikkinchisidir.

- Kilian Mbappe futbol tarixidagi eng qimmat o‘smir futbolchi. Umumiy olganda esa bu borada Neymardan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi (2017 yil, 166 million funt).

- Mbappe Fransiya ichki chempionatida so‘nggi to‘rt yilning eng yaxshi to‘purariga aylangan. U yangi mavsumda ham shu maqomga ega. Fransiya chempionatining bu boradagi eng yaxshi natijasi beshta "Oltin butsa" sanaladi.

- Kilian Mbappe Fransiya chempionatini to‘purar va eng yaxshi assist muallifi sifatida tugatgan tarixdagi ilk futbolchidir (2021-22).

- Mbappe Fransiyada ketma-ket uch marta "Yil o‘yinchisi" sovrinini qo‘lga kiritgan ilk hujumchi.

- Kilian Mbappe o‘z faoliyati davomida klub va terma jamoa safida jami 361 ta o‘yin o‘tkazgan v 242 ta golga mualliflik qildi. U bu davr mobaynida 14 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘lgan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 11:00, 13.10.2022.
O'qildi: 4115 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик