Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

YECHLda hafta qahramonlaridan biri "MYU" e’tiboriga tushgan

YECHLda hafta qahramonlaridan biri "MYU" e’tiboriga tushgan

Baho:
+ | -

 Chempionlar ligasining 4-turida «Portu» mehmonda «Bayer»ni mag‘lub etdi: Galenoning goli va Mehdi Taremining penaltidan 2 goli sabab. Portugaliyaliklir «Atletiko» va «Bryugge» o‘rtasidagi durang evaziga guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi va ispanlardan 2 ochko oldinda.

«Portu» darvozaboni Diogo Kosta uchrashuvning bosh qahramoniga aylandi - u Chempionlar ligasi tarixida birinchi bo‘lib bitta o‘yinda golli uzatmani amalga oshirdi va penaltini bartaraf etdi.

Dastlab Kosta o‘yin boshida hisobni ochgan Venderson Galenoga to‘p yetkazib berdi.

“Bu murabbiy o‘ynagan tayyor kombinasiyalardan biri edi. Biz yaxshi ish qildik va muvaffaqiyatga erishdik”, dedi Kosta o‘yindan so‘ng.

«Portu» bosh murabbiyi Serxio Konseysao hammasini tasdiqladi: “Diogo oyoqlari bilan yaxshi o‘ynaydi, to‘pni uzoqqa yetkaza oladi. Raqibning yuqori himoya chizig‘idan unumli foydalanish kerak edi - barchasini Diogo va Galeno oldindan tayyorlangandi.

Keyin esa Kerem Demirbayning penaltidan tepgan to‘pidan so‘ng Kosta jamoasini qutqarib qoldi. Bu «Bayer»ning Kosta tomonidan qaytarilgan birinchi penaltisi emas: bir hafta oldin u Patrik Shikning zarbasini qaytargan edi.

O‘shanda Konseysau shunday degan edi: "Penaltini qaytarish qiyin, lekin u hozirda eng yaxshi portugaliyalik darvozabonlardan biri ekanligini tushunish uchun mening so‘zlarim kerak emas. Diogo instinktiv ravishda penalti qay tarzda amalga oshirilishini taxmin qildi”.

Umuman olganda, Diogo Kosta penaltilar bo‘yicha mutaxassis: u faoliyati davomida ularning uchdan bir qismini qaytargan - 29 tadan 10 tasini, professional faoliyatda 9 tasini va Portugaliyaning 15 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi uchun bittasini.

Diogo Kosta kim?

«Portu» akademiyasi bitiruvchisi bo‘lgan 23 yoshli darvozabon 2019/20 yilgi mavsumda klub safida debyut qilgandi. U 99-raqam ostida o‘ynaydi - u buni «Portu»ning sobiq darvozaboni va klubi afsonasi Vitor Bayaning muxlisi bo‘lgani uchun olgan.

O‘tgan mavsumda Kosta jamoaning birinchi darvozaboni bo‘ldi - u Portugaliya chempionatining 34 turidan 33tasida o‘ynadi va terma jamoadan chaqiruv oldi. U yerda tajribali Rui Patrisioni raqobatda yengdi – Rui Portugaliya terma jamoasining so‘nggi 6ta o‘yinida bor-yo‘g‘i ikkita, Diogo Kosta 4ta o‘yinda maydonga tushdi. Portugaliyalik darvozabonlarda hozir kuchli raqobat bor  («Vulvz»dan Xose Sa ham bor), lekin asosiysi aynan Kosta Qatarga boradi.

Avgust oyida Portugaliyaning Korrero de Manha nashri “Manchester Yunayted” futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi va bosh murabbiy Erik ten Xagning shaxsiy iltimosiga ko‘ra, darvozabon 60 million yevro tovon puli to‘lashi kerakligi haqida xabar bergan edi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 19:09, 13.10.2022.
O'qildi: 3042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.