Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

De Xea: "Guruhda birinchi bo‘lish biz uchun juda muhim"

De Xea: "Guruhda birinchi bo‘lish biz uchun juda muhim"

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea Yevropa ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasidagi “Omoniya” ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

“Xulosa shuki, oxirigacha kurashish, hech qachon taslim bo‘lmaslik. O‘ylaymanki, biz o‘yinni nazorat qildik, bizda juda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi, biz erta gol urishimiz va xotirjamlik bilan o‘yinni oxiriga yetkazishimiz mumkin edi. Lekin biz oxirigacha kurashdik, yakunda ajoyib gol urdik, demak, kayfiyat yaxshi.

Biz, albatta, guruhni birinchi o‘rinda tugatishni xohlaymiz. Oldinda bizni “Sherif” bilan uy uchrashuvi kutib turibdi. Biz "Sherif" va "Real Sosyedad"ga qarshi ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz bunga e’tibor qaratamiz, chunki o‘yinlar taqvimi juda tig‘iz va agar ikkinchi o‘rinni olsak, bir nechta [qo‘shimcha] o‘yinlar bo‘ladi, shuning uchun biz birinchi o‘rinni egallash uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak. Bu biz uchun juda muhim”, dedi de Xea.

Kiritildi: 06:26, 14.10.2022.
O'qildi: 1205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик