Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Srechko Katanes: «Futbolchilar bilan shaxsiy hayotlari haqida gaplashish mening uslubim emas»

Srechko Katanes: «Futbolchilar bilan shaxsiy hayotlari haqida gaplashish mening uslubim emas»

Baho:
+ | -

Osiyo futbolini yoritib boruvchi taniqli The Asian Game nashrining maxsus podkastida mehmon bo‘lgan milliy terma jamoamiz ustozi Srechko Katanes, nima uchun aynan O‘zbekiston termasini qabul qilib olgani va bir qator qiziqarli mavzularda gapirib berdi.

— Janob Katanes, O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olganingizga bir yildan oshdi. U yerdagi faoliyatingiz haqida nimalar deya olasiz?
— Albatta, vaqt tez o‘tmoqda. O‘zbekistonga kelganimga ham mana bir yildan oshibdi. O‘zbekiston terma jamoasi bilan Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik — saralashdagi uch o‘yinda ham g‘alaba qozondik. Shuningdek, kuchli terma jamoalarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Bu o‘yinlardan asosiy maqsad jamoamiz potensialiga baho berish edi. Umumiy gapiradigan bo‘lsam, jamoam o‘zgarmoqda. Biz qilayotgan ishlarimizdan mamnunmiz. Lekin, hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina.

— O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olishingizga aynan nima turt­ki berdi?
— Iroq termasida ishlayotgan paytim ikki marta O‘zbekiston bilan o‘ynagandik. Ulardan biri Dubayda o‘tkazilgandi. O‘shanda o‘yin o‘rtoqlik maqomidaligiga qaramay jamoalar bor kuchi bilan harakat qilishgandi. Ishoning, men uch yil Iroq terma jamoasida ishlagan bo‘lsam Osiyo terma jamoalari ichidan bu kabi kuchli raqibga qarshi o‘ynamagandim. O‘shanda O‘zbekiston bizdan ancha kuchli o‘yin ko‘rsatgandi. Ammo biz ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgandik. O‘sha o‘yinlarda O‘zbekiston terma jamoasining individual mahoratga ega o‘yinchilarini ko‘rganligim sabab, aynan shu terma jamoani boshqarishga qaror qildim. Bilasizmi, men zamonaviy futbolni uncha xushlamayman. Hozir hamma pressingga asoslangan futbol o‘ynamoqda. Ammo 90 daqiqa bunday harakat qilib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, ma’lum vaqt shunday o‘yin ko‘rsatish normal holat, ammo butun uchrashuv davomida buning iloji yo‘q. Dunyoda 90 daqiqa tinmasdan pressing qilib o‘ynaydigan jamoaning o‘zi yo‘q. O‘zbekistonlik futbol muxlislari esa aynan shu narsani istashadi. Albatta, bu menga ham yoqadi, ammo bunday o‘ynash uchun sizda shu talabga javob beradigan futbolchilar bo‘lishi kerak. Buning uchun o‘yinchilaringiz jismonan juda baqquvvat bo‘lishi, himoyachilar esa maydon markazigacha kelib o‘ynashi, tezlik bilan bo‘sh hududlarni yopa olishlari lozim. Bu esa deyarli ilojsiz ish. Hozir biz asta-sekin o‘yinimizni yaxshilab boryapmiz va biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Har bir murabbiy qo‘l ostidagi o‘yinchilarga tayanadi. Murabbiy sifatida ular o‘z klublarida qanday o‘yin ko‘rsatayotganlarini kuzatib borishimiz kerak. O‘yinchilar o‘z klublarida o‘ynayotgan bo‘lsalar, albatta. Bu eng muhim masalalardan biri. Misol uchun, qo‘l ostimdagi eng zo‘r o‘yinchi bo‘lgan Eldor Shomurodovni olaylik. Eldor «Roma»da qolishga qaror qildi va katta ehtimol u klubda yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaydi. Bu vaziyat esa albatta milliy terma jamoa murabbiyiga muammo bo‘ladi. Qo‘l ostingizdagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri o‘z klubida maydonga tushmayotgani terma jamoa o‘yinini qurish payti sizga yetarlicha qiyinchilik tug‘diradi. Umuman olganda, hozirgi vaziyatimiz yomon emas. Ammo hali yaxshilashimiz kerak bo‘lgan juda ko‘p jihatlar bor. Jamoaning o‘yinidan oldin juda kam mashg‘ulot o‘tkazamiz. Umuman olganda barcha terma jamoalarda shunday. Bu bizning ishimiz. Qisqa qilib aytganda, jamoamdan qoniqyapman.

— Eldor bilan uning kelajakdagi rejalari, bosh­qa klubga o‘tishi borasida suhbatlashdingizmi?
— Futbolchilar bilan bu mavzuda gaplashish mening uslubim emas. Ularning o‘z shaxsiy hayotlari, oilalari, o‘z maoshlari bor. Eldorning o‘zi qolishni xohladimi yoki klub shunday qarorga keldimi, buni bilmayman. Murabbiy sifatida har bir shogirdimning o‘z klubida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini xohlayman. Hech qanday mashg‘ulot o‘yinlarning o‘rnini bosa olmaydi. Albatta, biz bu masalada transfer oynasi yopilishidan ikki hafta oldin suhbatlashdik. Eldor boshqa klubga o‘tayotganini aytgandi, yakunda esa «Roma»da qoldi. Nega bunday bo‘lganini bilmayman. Biz Shomurodovning qarorini hurmat qilishimiz kerak. Endi Eldorning «Roma» tarkibida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga umid qilaman.

— O‘rtoqlik o‘yinlariga qanday yondashasiz? Siz uchun yangi o‘yinchilarni sinashmi yoki optimal tarkibni shakllantirish?
— Bilasizmi, bizda vaqt yo‘q. Osiyo kubogi keyingi yil iyun oyida o‘tkaziladi. Ko‘pi bilan 4-5 nafar yangi o‘yinchini termaga jalb qilishim mumkin. Eksperimentlar o‘tkazishga vaqtimiz yo‘q. Noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazamiz. Shundan so‘ng mart oyiga borib yig‘in bo‘ladi. U yog‘iga Osiyo kubogi start oladi. Jamoadagi barcha o‘yinchilarning o‘zaro munosabatlarni yaxshi tushunib olishim kerak. Shu bilan birga, ularning madaniyatini ham hurmat qilishim lozim. O‘zbekistonda ko‘pchilik musulmon hisoblanadi. Barcha mahalliy va xorijdagi futbolchilarning o‘yinlarini kuzatib boryapmiz. Agarda men uchun muhim bo‘lgan biror o‘yinchi aynan o‘sha payt yaxshi sport formasida bo‘lmasa ham uni terma jamoaga chaqiraveraman. Sababi, vaqtimiz kam, qolaversa, bizda bir-birining o‘rnini bosa oladigan 30-40 nafar futbolchi yo‘q. Dunyodagi ko‘pgina terma jamoalar shu tartibda ishlashini ko‘rishingiz mumkin.

— O‘zbekiston U-23 termasi o‘yinchilaridan kimdir kelajakda bosh jamoa yetakchisi bo‘lishi mumkinmi?
— Albatta, buni vaqt ko‘rsatadi. Umuman olganda U-23 terma jamoamiz Osiyo kubogida yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, faqatgina finalda imkoniyatni boy berishdi. Ma’lum yosh chegarasida o‘tkazilidagan musobaqalar asosiy terma jamoa qatnashadigan musobaqalardan butkul farq qiladi. Masalan, o‘sha terma jamoa sardori Jasur Jaloliddinovni olaylik. U «Lokomotiv»ga qaytdi va Superliga o‘yinlarida maydonga tushmoqda. Hozirda u Superliga darajasida 50-60 daqiqa o‘ynay oladi, chunki u tajribali, kuchli va yetuk futbolchilarga qarshi o‘ynashiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa boshqa daraja. Biz albatta, barcha futbolchilarni kuzatib boryapmiz. «Olimpik» loyihasidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Bu jamoa O‘zbekis­ton futbol federasiyasining loyihasi bo‘lib, ular hozirda Superligada o‘ynashmoqda. O‘tgan mavsum ular Pro Ligada o‘ynashgandi. Jamoa juda tez rivojlanishmoqda va ajoyib futbol ko‘rsatishmoqda. «Olimpik» yaxshi ketmoqda. Bundan buyog‘iga nima bo‘lishini kuzatamiz.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 14.10.2022.
O'qildi: 2244 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.