"Barselona" prezidenti Joan Laporta "PSJ" hujumchisi Lionel Messi bilan dushanba kuni ko‘rishishini ma’lum qildi.
“Biz Leo Messini – tarixdagi eng yaxshi futbolchini nomini sharaflamoqchimiz . Men u bilan dushanba kuni Parijda ("Oltin to‘p" topshirish marosimida) ko‘rishaman”, - dedi Laporta.
Avvalroq Leo parijliklar bilan 2023 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirishi yoki uzaytirmaslik bo‘yicha jahon chempionatidan keyin qaror qabul qilishi aytilgandi.