"Arsenal" texnik direktori Edu Gasparga bir nechta gigant klublar qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Fabrisio Romano ma’lum qildi. U shunday deydi:
"Ikki klub Edu uchun da’vogar sanaladi. U "Arsenal"da katta ishlarni amalga oshirmoqda. Ayni damda u ikki jamoa nomi aniq emas. Ammo Eduning o‘zi "Arsenal"dan ketmoqchi emas. U jamoani rivojlantirishda davom etmoqchi".