Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Zoran Marushich: “Xudo xohlasa, muxlislarimizga OCHL yo‘llanmasini tortiq etamiz”

Zoran Marushich: “Xudo xohlasa, muxlislarimizga OCHL yo‘llanmasini tortiq etamiz”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Navbahor" shu haftada O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan bahsda “Neftchi” mehmoni bo‘lib, farg‘onaliklar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur gollardan so‘ng, “Navbahor”ning joriy mavsumda kiritgan to‘plari 26 tani tashkil etmoqda va ta’kidlaganimizdek, “Neftchi” darvozasiga urilgan ikkinchi gol namanganliklarning O‘zbekiston milliy chempionatlaridagi yubiley – 1450-goli sifatida tarixdan joy oldi.

“Lochinlar”ning 1450-goliga esa jamoaning serbiyalik 28 yoshli tajribali hujumchisi hamda to‘purari Zoran Marushich mualliflik qildi.

– Avvalo “Neftchi”ga qarshi kechgan bahs borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘yin o‘z nomi, ya’ni, “vodiy derbisi”ga xos ravishda shiddatli hamda keskin kurashlar ostida kechdi. Albatta, mezbonlar ham o‘z maydonida, minglab muxlislari ko‘z o‘ngida, bundan tashqari, qayta rekonstruksiya qilingan stadionning ochilish marosimida ijobiy natija qayd etish maqsadida, maydonga tushishgandi va buning isboti o‘laroq, ilk standart vaziyatdan keyinoq. hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Mazkur o‘yinga noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, Namangandan ham “Navbahor”ni qo‘llab-quvvatlash niyatida ko‘p minglab muxlislar tashrif buyurishgandi.

Bundan tashqari, o‘zingizga ma’lum, jamoamiz joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan. Ushbu omillarni hisobga oladigan bo‘lsak, uchrashuvning bunday tus olishi bizni qoniqtirmasdi. Natijada o‘tkazib yuborilgan to‘pdan so‘ng, hujumkorlikni kuchaytirgan holda, Jamshid Iskanderovning ajoyib tarzda amalga oshirgan jarima zarbasidan keyin hisobni tenglashtirib, tanaffusga 1:1 hisobidagi durang natija bilan chiqib ketdik.

Uchrashuvning 2-bo‘limida ham hujumkorlikni susaytirmagan, to‘pni ko‘proq nazorat qilgan holda o‘ynab, yakunda g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishga muyassar bo‘ldik.

“Neftchi”ga urgan golim joriy mavsumda Coca Cola Cuperligasida raqiblar darvozasiga kiritgan 8-to‘pim edi. Ushbu gol esa jamoamizning O‘zbekiston milliy chempionatlaridagi 1450-goli ekanligi, mazkur gol muallifi sifatida “Navbahor” tarixidan o‘rin olganimdan xursandman.

O‘zingizga ma’lum, jamoamiz ayni paytda ikkita frontda kurash olib boryapti va bu kurash oxirigacha davom etadi, degan umiddaman.

Xudo xohlasa, muxlislarimizga Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) yo‘llanmasini tortiq etamiz. Zero, “Navbahor” ishqibozlari bunga loyiqlar.

Nafaqat, O‘zbekiston, balki, MDH va Osiyo mamlakatlarida o‘z nomi hamda obro‘siga, ajoyib muxlislarga ega bo‘lgan jamoada o‘ynayotganimdan juda xursandman.

Joriy mavsum yakuniga qadar hisobimdagi gollar sonini yanada oshirish, jamoamizning zafarlariga munosib hissamni qo‘shish niyatidaman.

Shuningdek, gollar urishimda menga madad berayotgan jamoadoshlarimga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ular bilan joriy mavsum yakunida O‘zbekiston kubogi va chempionlik unvonini birgalikda qo‘lga kiritish nasib etadi, degan umiddaman, - deydi Zoran Marushich.

Kiritildi: 13:30, 21.10.2022.
O'qildi: 1626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.