Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Termasi bilan mundialni o‘tkazib yuboradigan yulduzlar

Termasi bilan mundialni o‘tkazib yuboradigan yulduzlar

Baho:
+ | -

 2022 yilgi jahon chempionatiga bir oy qolganda saytimiz o‘z jamoalari saralashda muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan eng kuchli 8 nafar yulduzni tanlab oldi.

Janluiji Donnarumma

Italiya ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. 2018 yilgi turnir kuchli 5 favoritdan joy olishi mumkin jamoasiz o‘tdi. Endi amaldagi Yevropa chempionlari navbatdagi to‘rt yillikning asosiy musobaqasiga bormaydi!

Demak, Qatarda Yevro-2020ning eng yaxshi futbolchisi Janluiji Donnarummani ko‘rmaymiz. Bir yil muqaddam italiyalik tarixda (daniyalik Peter Shmeyxeldan keyin) bunday muvaffaqiyatga erishgan ikkinchi darvozabonga aylandi.

Leonardo Bonuchchi

Muvaffaqiyatsiz saralash turnirining yana bir qurboni Leonadro Bonuchchi bo‘ldi. Italiyaliklarni Shimoliy Makedoniya 90 daqiqa qiynashdi. "Skuadra Azzurra" 32 ta zarba berdi ammo Gol ura olmadi va qo‘shib berilgan vaqtda gol o‘tkazib yubordi.

Albatta, Bonuchchi Italiya terma jamoasi va «Yuventus»ning afsonasi. Biroq himoyachi jahon chempionatiga bormaydi.

Aleksandr Zinchenko

Ukraina va Aleksandr Zinchenkoga jahon chempionatiga chiqish uchun ozgina omad yetishmadi. Ukrainlar pley-off turnirining hal qiluvchi bosqichiga ham chiqdi. Biroq sardor Andrey Yarmolenkoning avtogoli Uels terma jamoasiga futbol bayrami uchun yo‘llanmani taqdim etdi.

Ehtimol, umidsizlik klub darajasidagi muvaffaqiyatni yoritadi. Yozda Zinchenko «Manchester Siti»dan Londonning «Arsenal» klubiga o‘tdi. 10 bahsdan so‘ng to‘qqizta uchrashuvda g‘alaba qozongan «kanonirlar» birinchi o‘rinda!

Jorjinyo

Qatar mundialidagi eng katta yo‘qotish haqidagi suhbatni davom ettiramiz. Bu bilan yana Italiyaga yuzlanishga majburmiz va YEVRO-2020ning yana bir qahramoni.

Gap «Chelsi» bilan Chempionlar ligasi g‘olibi va UYEFA talqini bo‘yicha 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi haqida ketmoqda. Jorjinyo bizning ro‘yxatimizga qo‘shilmasa adolatsizlik bo‘lardi. 

Muhammad Saloh

Afrikaning so‘nggi yillardagi asosiy yulduzi ham jahon chempionatiga bormaydi. Senegal bilan hal qiluvchi qarama-qarshilikda «fir’avnlar» avvaliga g‘alaba qozonishdi (1:0), javob o‘yinida ham xuddi shunday hisobda mag‘lub bo‘lishdi. Hammasi penaltilar seriyasida hal bo‘ldi, unda «Liverpul» yetakchisi hal qiluvchi vaziyatda xato qildi.

Salohni oqlash uchun aytaylik, zarbadan oldin uning ko‘ziga o‘nlab lazer nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushdi. 

Riyod Mahrez

Afrika saralashida omad kulib boqmagan yana bir yulduz - Riyad Mahrez. Yevropaning amaldagi chempionlari ham, Afrika kubogi sohibi ham Qatarga bormaydi.

Zlatan Ibrahimovich

Ha, eng katta ehtimol bilan 41 yoshli shved 2022 yilgi jahon chempionatiga bora olmagan bo‘lardi. Shvesiya yo‘llanmani qo‘lga kiritganida ham.

Biroq, ro‘yxatimizda Ibra uchun hali ham joy bor. Negaki, ushbu turnir uchun Zlatan xalqaro faoliyatini davom ettirdi va Qatar uchun so‘ngi jahon chempionati bo‘lar edi.

Erling Xoland

Norvegiya terma jamoasi 1998 yildan beri jahon chempionatiga chiqa olmayapti. Bu safar nafaqat mahalliy muxlislar, balki butun dunyo muxlislari uchun ham bu yoqimsiz xol bo‘lib ko‘rinmoqda.

"Manchester Siti" futbolchisi Erling Xoland 2022/23 yilgi mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. Uning Qatardagi o‘yini musobaqaning haqiqiy bezagiga aylanishi mumkin edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:17, 21.10.2022.
O'qildi: 1946 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.