Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Denis Korostichenko: “Jamoani ligada olib qolaman deb ishonch bilan ayta olmayman”

Denis Korostichenko: “Jamoani ligada olib qolaman deb ishonch bilan ayta olmayman”

Baho:
+ | -

Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Lokomotiv” (2:0) o‘yinidan so‘ng mehmonlar ustozi Denis Korostichenko hozirgi jamoaning asosiy maqsadi, Islom Qobilov, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar hamda uni Yurgen Kloppga qiyoslashlari haqida fikr bildirdi.

“Raqib bugun muhim o‘yinda g‘alaba qozondi. Ular chempionlik uchun kurashmoqda. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanishdi. Biz esa yo‘q. O‘yinni tahlil qilamiz”, deydi Korostichenko.

“Islom Qobilovning pozisiyasi shunaqa, xatolar bo‘lib turadi. Xato balki boshqa chiziqlarda kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Ungacha, boshqa o‘yinchilar ham xato qilgandir. Analiz qilamiz. Uning pozisiyasida unga o‘rinbosar futbolchi yo‘q. Undagi xatolar futbolda bo‘lib turadi”.

“Men Klopp emas, 15 yildan buyon “Liverpul” muxlisiman. Kloppning “Liverpul”ga kelganidan albatta xursand bo‘lganman”, - deydi murabbiy o‘zini germaniyalik murabbiyga qiyoslashlari haqidagi savolga javoban.

“Katta ishonch ibilan “Lokomotiv”ni Superligada olib qolamiz deb ayta olmayman. Sababi, bizni oldinda chempionlik uchun kurashayotgan va OFK Kubogida o‘ynagan jamoalarga qarshi o‘yinlar kutmoqda. Ammo, shunday bo‘lsada, har bir o‘yinda g‘alaba uchun o‘ynaymiz”.

“Ali Abdurahmonov va Igor Chikrizov mavsum avvalida asosiy tarkibda maydonga tushishdi, ammo, ular hali asosiy jamoa uchun tayyor emas. Ali Abdurahmonov yoshlar jamoasida gollar ura boshladi, o‘sish bor. Bugun ham yaxshi o‘ynadi. Hali yana o‘sadi”.

“Jasur Jaloliddinov maydonda hissiyotlar bilan o‘ynaydi. Unda yetakchilik qobiliyati bor. Olimpiya termamiz sardori. Balki ohirgi o‘yinlarda bizga yana yordam berar”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 04:54, 25.10.2022.
O'qildi: 1203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик