Fransiya terma jamoasi sobiq afsonaviy futbolchisi Tyerri Anri Zinedin Zidanning murabbiylikka qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Zinedin ko‘plab klublar bilan bog‘langan. "Yuventus"ga kelsak, u bu jamoani boshqaradi deb o‘ylamayman. Uning bunday istagi bo‘lishi dargumon. Zidan Fransiya terma jamoasidan taklif kutmoqda" - dedi Anri CBS Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Zidanning so‘nggi ish joyi "Real" bo‘lgan. "Qirollik klubi" bilan birga fransiyalik murabbiy ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va ikki marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.