"Napoli" sport direktori Krishtianu Jiuntoli "Manchester Siti" yarim himoyachi Xvicha Kvarasxeliyaga qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
“Bu mish-mishlar ortida mutlaqo hech narsa yo‘q. Sizni ishontirib aytamanki, Xvicha daxlsiz. U, albatta, sotilmaydi", - deya Jiuntoli so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Kvarasxeliya 2022 yilning yozida "Napoli"ga o‘tgan edi. 21 yoshli gruziyalik italyan klubi safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Transfermarkt.com portali futbolchini 35 million yevroga baholamoqda.













