Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

De Xea rozi bo‘ldi

De Xea rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea jamoada qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar tarqatmoqda.

Ispaniyalik darvozabonning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Ikkala tomon ham shartnomani uzaytirmoqchi, ammo “Manchester Yunayted” De Xea maoshni qisqartirishga rozi bo‘lsagina buni amalga oshirishga tayyor.

De Xea 2011 yildan buyon “Manchester Yunayted”da o‘ynab kelmoqda. O‘shandan beri u jamoa bilan bir marta Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Avvalroq, darvozabonning Ispaniya La ligasiga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Avvallari David Madridning “Atletiko” klubi sharafini himoya qilgandi.

Kiritildi: 14:21, 27.10.2022.
O'qildi: 6713 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.