Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

Krishtianu Ronaldu "olov ustiga yog‘ sepdi"

Krishtianu Ronaldu "olov ustiga yog‘ sepdi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Ronaldu o‘z yurtidan, Portugaliyadan o‘ta katta narx evaziga uy sotib oldi. Xabarlarda aytilishcha, ushbu koshonaning umumiy qiymati taxminan 18 million funtni tashkil etadi. Ronaldu bu ishi orqali Portugaliyadagi eng qimmat uyga ega bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, bu voqea Ronalduning yanvar oyida "Sporting"ga qaytishi bilan bog‘liq xabarlar fonida yuz bermoqda...

Erik ten Xag bilan "sen-men"ga borib qolgan portugaliyalik yulduz, payshanba oqshomida Yevropa ligasi doirasidagi "Sheriff" bilan o‘yinga asosiy tarkib uchun tanlab olingan edi. Bahsda Ronaldu gol urishga erishgan. Ammo u APLning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Vest Xem" bilan o‘yinda asosiy tarkibga kiritilmaslik ehtimoli katta. Chunki superyulduz "Tottenxem"ga qarshi bahsda maydonni jahl bilan erta tark etgan. Shu voqeadan keyin, Ronalduning "MYU"dan qishdayoq ketishi haqida xabarlar urchib ketdi. Futbolchiga ehtimoliy manzil sifatida Lissabonning "Sporting" klubi qaralmoqda. Ushbu xabarni amalga oshishi mumkinligini Ronalduning poytaxt shahar yaqinidan sotib olgan hashamatli uyidan bilib olamiz.

Yuqoridagi ma’lumot haqida 2022 yil avvalida ham xabar berilgan. Hozir esa bu reallikka aylandi. Ronaldu ulkan villa sotib oldi va uni qaytadan jihozlamoqda. Bu ishlarga 18 million funt sarflangani aytiladi. Uy 2023 yilning boshiga tayyor bo‘lishi reja qilingan bo‘lib, Kaskais tumanida, poytaxt Lissabondan 40 daqiqalik yo‘lda joylashgan. Uy o‘ta katta. U 2,720 metr kvadrat joyni egallaydi. Hovlining o‘zi 544 metr kvadratga teng. Unda har xil bog‘lar va yirik hovuz mavjud. Ko‘pchilik tomonidan, Ronalduning ushbu harakati, uning Portugaliyaga ko‘chishga harakat qilishi sifatida talqin etilmoqda.

"Sporting" klubi ustozi Ruben Amorim bu haftada ushbu xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. U shunday deydi: "Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman. Ronaldu – top futbolchi. Bu yerdagi hamma uni qaytishini orzu qiladi. Ammo men bu haqida gapirishni istamayman. Chunki Ronaldu "Manchester Yunayted" o‘yinchisi. Ko‘pchilik mendan bu haqida so‘ramoqda. Buni to‘g‘ri tushunaman. Lekin bizda Ronalduga to‘lash uchun pul yetarli emas. O‘ylaymanki, Ronaldu Manchesterda baxtli. Uning maydonga tushmayotgani muammoga sabab bo‘lyapti xolos".
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu "MYU"da haftasiga 360 ming funt ishlab topadi. Uning amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:00, 29.10.2022.
O'qildi: 22633 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.