Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yubiley: Oleg Sinelobov 60 yoshda!

Yubiley: Oleg Sinelobov 60 yoshda!

Baho:
+ | -

Novotroisk shahrida O‘zbekiston va Rossiya futbolining taniqli vakili Oleg Viktorovich Sinelobovning yubileyi nishonlandi.

U 5 oktyabr kuni 60 yoshga to‘ldi. Sinelobov - bu futbolga qorishib ketgan familiya. O‘tgan asrning 60-yillarida Viktor va Anatoliy O‘zbekiston klublarida o‘ynashgan. Ular jumladan, mavsum-1962da Chirchiqning «Ximik» klubida birga to‘p surishgan.

Oleg Sinelobovning klub futbolidagi faoliyati

1980-1982 yillar - «Sohibkor» (Toshkent viloyati)

1983-1984 yillar - «Zvezda» (Jizzax)

1985-1989 yillar - «Paxtakor» (Toshkent)

1990-1993 yillar - «So‘g‘diyona» (Jizzax), «Navbahor» (Namangan), «Buxoro», «Paxtakor» (Toshkent), «Zarafshon» (Navoiy)

1993 yil - «Perlis» (Malayziya)

1994-2003 yillar - «Nosta» (Rossiya)

Viktor Sinelobovning o‘g‘li Oleg 10 yoshidan 50-yillardagi «paxtakorchi» Vadim Tereshenko qo‘l ostida futbol sir-asrorlarini o‘zlashtira boshlagan. U 18 yoshga to‘lgach, «Sohibkor» (Xalqobod, Toshkent viloyati) safiga qabul qilinadi va 3 mavsum shu jamoada o‘ynaydi. O‘sha payt kichik Sinelobovning maydondagi roli darhol aniqlanadi - hujum! Chunonchi, dadil va tezkor yigitcha raqib darvozasi oldida uzoq o‘ylab o‘tirmasdi. Shu sifatlari o‘laroq, jamoadoshlari bilan tezda chiqishib ketadi va o‘yini ham yengil rivojlanadi. 1985 yili «Paxtakor» safiga qo‘shilgan hujumchi darhol asosiy tarkibga kirib, gollar urishni paysalga solmaydi, yana klubdoshlarini zarba pozisiyasiga chiqarishni ham o‘rniga qo‘yadi. Oleg «Paxtakor»da jamoa uchun murakkab davr - birinchi ligadagi 5 mavsum davomida o‘ynaydi. O‘sha vaqt hafsalasizlik domiga tushgan muxlislar futbolchining har qanday xatosidan g‘azablanadigan holatda edilar. 

«Paxtakor» mavsum-1987da o‘ziga xos yubileyini nishonlaydi. Aniqroq aytsak, Toshkent jamoasi ligadagi 200-rasmiy o‘yinini o‘tkazadi. Bu ikkinchi davra hisobidan poytaxtda Rostov armiya jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvga to‘g‘ri keladi. O‘shanda «paxtakorchilar»da jami 297ta gol yig‘ilgandi. Xullas, o‘yin 2:0 ko‘rinishida tugaydigandek ko‘ringan pallada, tom ma’noda so‘nggi soniyalarda Oleg Sinelobov mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni yiriklashtiradi. Tan olish kerak, bunday hodisot futbol statistikasi tarixida ham juda kam uchraydi: 200-uchrashuvda 300-gol. Ikki karra yubiley! Shu o‘rinda bir qiziq fakt: «Paxtakor»ning sobiq ittifoq chempionati oliy ligasidagi 300-goli ham Toshkentda va o‘yinning so‘nggi soniyalarida urilgandi (1968 yili jamoaning mashhur to‘p­urari Gennadiy Krasniskiy «Zarya» darvozasini nishonga olgan).

Sinelobovga qaytamiz. U «Paxtakor» libosidagi yana bir muhim golini O‘zbekiston milliy chempionati ilk o‘yinida uradi. Oleg o‘shanda «Kosonsoychi»ga qarshi safar o‘yi­nida yagona golni o‘z hisobiga yozib qo‘yib, tarixga «Paxtakor»ning milliy chempionatdagi birinchi goli muallifi sifatida kirdi va bu jamoaga g‘alaba keltirgani bilan ham ahamiyatli. Qolaversa, Oleg Sinelobov milliy chempionatning ilk mavsumi yakunida mamlakat chempioniga aylanadi. Umuman, u «Paxtakor»ning chempionatdagi jami 166ta o‘yinida qatnashib, 35ta gol urgan. Shuningdek, kubok turniri va xalqaro o‘yinda 5 martadan maydonga tushgan. O‘zbekiston milliy jamoasi libosida ham 5ta o‘yin o‘tkazgan.

Yubilyarimiz 1994 yildan Rossiyada o‘ynay boshlaydi va uzoq vaqt «Nosta» (Novotroisk) sharafini himoya qiladi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach esa, aynan shu jamoada murabbiylik sohasiga bosh suqadi. Xususan, 2004 yildan «Nosta» murabbiylar shtabida mehnat qilgan Oleg Viktorovich mavsum-2008da «Nosta-2» (o‘rinbosarlar jamoasi) boshqaruvini qo‘lga oladi. 2010-2015 yillar oralig‘ida esa «Nosta» bosh murabbiyi lavozimida ishlaydi. Bu orada, 2012 yilning 29 mart kuni «Sharqiy Orenburg» bolalar futbol ligasi prezidenti lavozimiga ham saylanadi. Bugungi kunda uning o‘g‘li - kichik Oleg «po‘latchilar» safida muvaffaqiyatli to‘p surmoqda. Oleg Viktorovichning o‘zi esa faoliyatini Novotroisk bolalar-o‘smirlar futbol maktabida davom ettirmoqda. O‘zbekistonlik millionlab muxlislar ham o‘z davrining eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sanalgan Oleg Sinelobovni yaxshi eslashadi, albatta. 

Mavlon SHUKURZODA

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:53, 02.11.2022.
O'qildi: 1483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.