Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Maksim Shaskix: "Natija ham, o‘yinimiz ham ma’qul keldi"

Maksim Shaskix: "Natija ham, o‘yinimiz ham ma’qul keldi"

Baho:
+ | -

"So‘g‘diyona" bilan bellashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida o‘yin haqida fikrlarini aytib o‘tdi.

- O‘yindan qoniqdim. Mashg‘ulotlarda ishlangan holatlarni bajara oldik. Birinchi bo‘limning o‘zida ko‘plab vaziyatlar yaratdik, o‘yin taqdirini hal qilish uchun imkoniyatimiz bor edi. Ikkinchi bo‘limda ham tezkor gol urib, nazoratni saqlab turdik. Nafaqat natija, balki namoyish etilgan futboldan ham ko‘nglim to‘ldi. Yaxshi saviyada o‘ynadik. Oldimizda yana ikki uchrashuv bor. Ularda ham zafar quchib, kurashni oxirigacha davom ettiramiz.

Himoyachilar harakatlaridan qoniqish hosil qildim. A’zamovda jarohat bor, unga tezroq safga qaytishini tilayman. Raqobat va tanlov imkoniyatining borligi doim yaxshi. Hozir o‘ynayotgan markaziy himoyachilar ishonchli o‘ynashmoqda.

Kelasi yil boshqacha, kuchliroq "Paxtakor"ni ko‘rasiz. Mashg‘ulot va yangi murabbiyning futboliga ko‘nikish uchun hammaga vaqt kerak bo‘ladi. "Paxtakor" o‘zbek futbolining yetakchisi. Biz har doim eng yaxshisi bo‘lish va istalgan raqibni mag‘lub etishga qodir bo‘lishimiz kerak"-dedi Shaskix o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Kiritildi: 21:27, 02.11.2022.
O'qildi: 1359 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик