Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bunday o‘yinlarga jamoani tayyorlash oson bo‘lmaydi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bunday o‘yinlarga jamoani tayyorlash oson bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan «Nasaf» — «Dinamo» (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Bunday o‘yinlarga jamoani tayyorlash oson bo‘lmaydi. Sababi yaqinda kubokni yutdik, shuning ruhiyati yigitlarda sezilmasdan qolmaydi. Bundan tashqari raqib ham so‘ngi o‘rindagi jamoa edi. Aytib o‘tganimdek, oson o‘yin bo‘lmadi. Bugun bizning maqsadimiz uch ochko edi va qiyin o‘yinda buni uddaladik. Jamoamiz a’zolarini va muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman.

— Oldinda «Neftchi» qarshi mas’uliyatli o‘yin kutib turibdi...
— Ha, hozirgi kunda hech bir o‘yin oson o‘tmayapti. Raqiblar bizning maydonda chuqur himoyaviy o‘yin tashkil etayapti. Bu bizga yetarlicha qiyinchilik tug‘diradi. Qiynalmaslik uchun vaziyatlarni golga aylantirish zarur. Penaltilar asosiy muammomiz bo‘lib qolayapti. Bizda penaltilarni Norchayev tepardi. Bugun 11 metrlikdan Solovyov tepishi haqida ko‘rsatma bergandim. Ammo u ham maydonda yo‘q bo‘lgani sabab Lima Kruz mas’uliyatni bo‘yniga oldi. Biroq, u ham imkoniyatdan foydalana olmadi.

— Husayn Norchayev va Dilshod Saitovlarning jarohatlari jiddiymi?
— Norchayev mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Keyingi o‘yinlarga tayyor bo‘lishi kerak. Dilshod Saitov finalda bir oz jarohat olgandi. O‘zi umuman bugun ko‘p futbolchilarni rotasiya qildik. Markoning jarohati bo‘yicha shifokorlar bilan gaplashamiz.

— So‘nggi turda «Olimpik» bilan o‘ynaysizlar. Rotasiyalar ushbu ko‘p yuguradigan jamoa bilan o‘yinga futbolchilarning jismoniy imkoniyatlarini saqlab qolish uchun amalga oshirilayaptimi?
— «Olimpik»ning barcha futbolchilari ko‘p yuguradi. Ular bilan o‘yinda ham ijobiy natija uchun maydonga chiqamiz. Navbatdagi turda «Neftchi» ham osonlikcha taslim bo‘lmaydi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:44, 03.11.2022.
O'qildi: 1605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик