Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bizga qarshi o‘yinlarda jamoalar chuqur himoyaga yotib olayapti”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bizga qarshi o‘yinlarda jamoalar chuqur himoyaga yotib olayapti”

Baho:
+ | -

Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Dinamo” (1:0) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jamoasiga qarshi o‘yinlarda raqiblar chuqur himoyada o‘ynayotgani, penaltilar muammosi va jarohat olgan futbolchilar borasida fikr bildirdi.

“Qiyin uchrashuvda qiyin g‘alabaga erishdik. Bunday o‘yinlarga jamoani ruhan tayyorlash biroz qiyin kechadi. Kubokni yutgandan keyin, futbolchilarda buning ruhiyati seziladi. Qolaversa, raqiblar bizga qarshi o‘yinlarda chuqur himoyaviy o‘yin namoyish etishmoqda. Maqsadimiz uch ochko edi va qiyin o‘yinda buni uddasidan chiqdik”

“Penaltidan gol ura olmaslik asosiy muammoimizga aylanib bormoqda. Shtatli penaltichimiz Norchayev o‘ynamayapti. Bugun penaltini Solovev tepishi lozim edi. U ham penalti bo‘lgan vaziyatda maydonda emasligi bois, Lima mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan edi, ammo u ham bugun bundan foydalana olmadi”.

“Husayn Norchayev mashg‘ulotlarimizga qo‘shildi. Keyingi o‘yinga tayyor bo‘lsa kerak. Dilshod Saitov kubok finalida biroz jarohat olgandi. Umuman, ko‘pchilikni rotasiya qildik. Stanoyevichning jarohati bo‘yicha shifokorlar bilan gaplashaman”.

“Olimpik”ning barcha futbolchilari ko‘p yuguradi. Ular bilan o‘yinda ham ijobiy natija uchun maydonga tushamiz. “Neftchi” ham osonlikcha taslim bo‘lmaydi”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 00:58, 04.11.2022.
O'qildi: 1899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик