Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Ivan Boshkovich: “Farruh Ikromov aytarli hech nima qilmagan edi”

Ivan Boshkovich: “Farruh Ikromov aytarli hech nima qilmagan edi”

Baho:
+ | -

Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Surxon” (2:1) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich jamoasi o‘yinda ustunlik qilgani, Farruh Ikromov qizil kartochkaga loyiq ish qilmagani va Aziz Haydarovning jamoadagi o‘rni haqida gapirdi.

“Maydonda to‘liq ustunlik qildik deb aytishim mumkin. To ikkinchi golgacha maydonda nazorat o‘rnatgan edik. Shukrki, g‘alabani ushlab qola oldik”, - deydi Boshkovich.

“Agar ko‘rayotgan bo‘lsangiz, so‘nggi oltita o‘yinda olti xil taktikada o‘ynadik. Yaxshi jamoa bir o‘yinda taktikani o‘zgartira olishi, vaziyatga qarab moslasha bilishi kerak. Biz buni uddalay olayapmiz deb hisoblayman”.

“Farruh Ikromovni bir yil tanaffusdan keyin qaytgani va dastlabki golini kiritgani bilan tabriklayman. Biroz qizishib ketdi, biroz qattiqqo‘llik qilishdi deb o‘ylayman. U shunchaki gol urganini nishonlayotgan edi”.

“Aziz Haydarovning zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishi bizga yordam beryapti. Buni o‘zim so‘ragandim. Uning futboldagi bilimi, imidji va tajribasi bizga kerak”

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 01:01, 04.11.2022.
O'qildi: 2711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.