Kirish Ro'yxatdan o'tish

Samvel Babayan: «Lokomotiv»ning birinchi taymdagi o‘yinini olqishlayman»

Samvel Babayan: «Lokomotiv»ning birinchi taymdagi o‘yinini olqishlayman»

Baho:
+ | -

Superliga 24-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» – «Navbahor» (0:2) o‘yinidan so‘ng mehmonlar ustozi Samvel Babayan raqibning birinchi bo‘limdagi o‘yini olqishga sazvor ekani, Kubok finalida jamoasi mag‘lubiyatga munosib bo‘lmagani va kelajak rejalar borasida fikr bildirdi.

«Navbahor»ning o‘yiniga befarq insonlar yo‘q. G‘alaba qozona oldik, oldinga yurishda davom etamiz. «Navbahor» muxlislarini tabriklaymiz. Biz ular uchun harakat qilmoqdamiz. Futbolchilarimni ham tabriklayman. Kubok finalidagi og‘ir o‘yindan keyin emosional jihatdan qiyin g‘alabaga erishdik. «Lokomotiv»ni esa birinchi taymdagi o‘yini uchun olqishlayman, ular ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Ular «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda ham juda ko‘p vaziyatlar yaratishgan edi. Bugun gol o‘tkazib yuborishsa ham, harakat qilishdi va o‘z uslublarini ko‘rsatishga intilishdi.

Mavsum oldidan maqsadimiz Osiyo chempionlar ligasiga yo‘llanma olish edi. Bunga qadar bu musobaqada hali qatnashmaganmiz. Minimum vazifani uddalagach, yanada ko‘proq narsalar yutishni istaymiz. Qaytaraman, Kubok finalida yutqazishga loyiq emasdik.

Rustam biz uchun katta yo‘qotish, o‘ylaymanki, «Rubin» yuqori ligaga chiqadi. OCHL uchun albatta tarkibni kuchaytiramiz. Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun barcha pozisiyalarni kuchaytiramiz”, - deydi Babayan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:21, 04.11.2022.
O'qildi: 1899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик