Italiyalik sobiq hujumchi Antonio Kassano "Milan"ni so‘nggi muvaffaqiyatlari uchun maqtadi.
Stefano Pioli jamoasi Chempionlar ligasida ketma-ket ikki o‘yinda g‘alaba qozonib, Yevropaning eng nufuzli klublari musobaqasining pley-off bosqichiga qaytdi. Bu 2011 yilgi mavsumdan beri birinchi marta sodir bo‘ldi.
"Zalsburg"ga qarshi o‘yinda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi menga yoqdi, bu butun o‘yin davomida sezildi.
Men darhol birinchi bo‘lim kuchli bo‘lmaganiga qaramay, "Milan" yutqazolmasligini his qildim. Pley-off yo‘llanmasi - ajoyib natija, endi biz "Milan" uchun yangi mavsum boshlanishi haqida gapirishimiz mumkin", - deydi Kassano.