Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Asror Aliqulov: «So‘nggi soniyadagi gol bizni g‘alabadan mahrum qildi»

Asror Aliqulov: «So‘nggi soniyadagi gol bizni g‘alabadan mahrum qildi»

Baho:
+ | -

Pro liga 25-turidan o‘rin olgan «Yangiyer» — «Sho‘rtan» uchrashuvidan so‘ng g‘uzorliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

— Bellashuv boshida biz to‘p nazoratni o‘z qo‘limizga olgandek bo‘ldik. Uchrashuv boshida bu sezila boshladi. Hattoki birga-bir vaziyatga ham ega chiqqandik. Ammo o‘yin davomida tashabbusni maydon egalariga bera boshladik. Ular ham xavfli hujumlar uyushtira boshlashdi. Tanaffus vaqtida bu kamchiliklarni yigitlarga tushuntirdik. Bellashuvning so‘ngi soniyalarida o‘tkazib yuborilgan to‘pni hisobga olmaganda biz ikkinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik va mezbonlarga deyarli hujumlar tashkil etishga imkon bermadik. Raqibning uzun paslariga tayyor edik. Biz qarshi hujumlarda imkoniyatlar yaratdik va birinchi bo‘lib gol urishga erishdik. Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishimiz mumkin edi. Lekin vaziyatlardan unumli foydalanmadik va aksincha so‘ngi soniyalarda o‘tkazib yuborilgan gol bizni g‘alabadan mahrum etdi.

— 93-daqiqadagi ikkita o‘zgarishdan maqsad nima edi?
—  Futbolchilarni almashtirishdan maqsad raqibning oldingi chizig‘iga bosim o‘tkazish edi. Chunki bizning hujum chizig‘imizdagi futbolchilarda toliqish bor edi. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida raqibga ozroq vaqt berganimiz natijasida jarima maydonchamiz ichida pala-partishlik yuzaga keldi va darvozamizdan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldik. Tayyor g‘alabani qo‘ldan boy berdik.

— Adashmasam «Sho‘rtan» jamoasi 27 avgust kuni Andijonda mag‘lubiyatga uchragan edi va shundan buyon mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etib kelmoqda. Pastdagi beshtalikda birinchi o‘rinda ketayotganidan kelib chiqib, «Sho‘rtan»da yangi nomlarni, yosh iqtidorli kashf qilish rejasi bormi?
— Biz tarkibimizda rotasiya ham qilib turibmiz. Bugungi bellashuvda ham ayrim futbolchilarimizga dam bergan edik. Yoshlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bizni jamoamizni asosini o‘zi yoshlar tashkil etadi. Turnir jadvalidagi o‘rin haqida gapiradigan bo‘lsak, yuqoridagi beshlik jamoalari nisbatan kuchli jamoalar. Sakkiz o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramasligimizga sabab biz bilan bir guruhdan o‘rin olgan jamoalarning saviyasiga va ko‘rsatayotgan o‘yiniga bog‘liq. Tepadagi beshlik qiyinroq edi. Bu birinchi sababi edi. Ikkinchidan bizga vaqt kerak edi. Uchinchi marta jamoa shakllantiryapmiz. Yangi futbolchilarning bizning tizimga tushishlariga biroz vaqt kerak bo‘ldi. Hozirgi ko‘rsatayotgan natijalarimiz bizning mehnatlarimiz va sabrimiz mevasi.

"Sho‘rtan" PFK matbuot xizmati

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 21:42, 06.11.2022.
O'qildi: 1768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.