Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya - Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya - Iroq
15/10 17:00 Xitoy - Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston - BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston - KXDR
15/10 21:00 Eron - Qatar
15/10 21:00 Iordaniya - Ummon
15/10 21:00 Falastin - Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Bahrayn
16/10 01:30 Kolumbiya - Chili
16/10 04:00 Paragvay - Venesuela
16/10 04:30 Urugvay - Ekvador
16/10 05:00 Argentina - Boliviya
16/10 05:45 Braziliya - Peru

Turin klubiga Shomurodov kerak

Turin klubiga Shomurodov kerak

Baho:
+ | -

O‘n uchta o‘yin, o‘n uch gol. “Torino” chempionatning birinchi davrasida o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham yomon o‘yin namoyish qilyapti. Shu sababli, qishki transfer bozorini inobatga olgan holda, “anorranglilar” rahbariyati bosh murabbiy Yurichga yaxshi futbolchilarni sotib olib berish haqida o‘ylamoqda. Va o‘ylangan transfer uzoqda emas, aynan Italiyaning o‘zida.

Shomurodov Turinga ketadimi?

Tuttosport xabariga ko‘ra, yanvar oyida “Torino” yana Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi. O‘tgan yozda ham sport direktor Vagnati uni Rimdan chaqirib olishga urinib ko‘rdi, ammo shartnoma borasida bo‘yicha kelishuv yakunlanmay qoldi: turikliklar uni bir mavsumga ijara olishmoqchi edi, rimliklar esa to‘liq transferni rasmiylashtirmoqchi edi. Oxir-oqibat, o‘zbekistonlik futbolchiga A Seriyadan boshqa takliflar bo‘lganiga qaramay, u poytaxtda qoldi. Shu haftadan so‘ng jahon chempionati uchun tanaffus boshlanadi, ya’ni musobaqada qanday davom etishni aniqlash uchun vaqt yetarli bo‘ladi. Ya’ni Yurich jamoasini kuchaytirish uchun markaziy hujumchi olib kelish uchun ajoyib vaqt keladi.

Shomurodov Turin klubida o‘ynasa, o‘zi uchum ham yaxshi bo‘ladi, deyish mumkin. Chunki yangi mavsumda u deyarli "Roma" tarkibida maydonga tushirilmay qo‘ydi. Har holda terma jamoamiz sardori zaxira o‘rindig‘ida emas, maydonda ter to‘kishi foydaliroq bo‘lardi.

Turin klubining hozirgi hujumi chizig‘ini hech qanday holatda ham mukammal, deb bo‘lmaydi. Pellegri va Sanabriya markaziy hujumchilar sifatida ko‘p narsaga qodir emasligi jamoaning o‘yinlarini kuzatgan muxlislarga ma’lum bo‘lishi kerak. Shu sababdan jamoada hujumkor yarim himoyachilarning yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishi bejiz emas. Birinchi o‘rinda Vlashich, keyin Miranchuk, keyin esa Radonich.

Demak, turinliklarga iqtidorli, muhim vaziyatlarda gol ura oladigan hujumchi kerak. Shomurodov "Torino"ga munosib o‘yinchi bo‘lish uchun barcha xususiyatlarga ega. U sof hujumchi yoki yolg‘on to‘qqizlik pozisiyalarida bemalol harakat qila oladi. Biz buni "Rostov" va "Jenoa"dagi o‘yinlar orqali ham ko‘rganmiz. Shomurodov Rimda qolib o‘z vaqtini kutadimi yoki boshqa klubga ketadimi, buni tez orada bilib olamiz.

Kiritildi: 19:43, 08.11.2022.
O'qildi: 20400 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.