Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Romelu Lukakuning Qatardagi jahon chempionatiga borishi haqida gapirdi.
“Mushak jarohatlari juda individualdir. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday bo‘ladi. Hozircha bir narsa deyish qiyin", - dedi ispaniyalik mutaxassis yaqinda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Murabbiyning aytishicha, uning shtabi yaqin kunlarda terma jamoaning asosiy hujumchisining ahvoli haqida ma’lumot kutishmoqda. Agar Romelu dekabr oyi boshiga qadar safga qaytsa, u holda jahon chempionatiga yo‘l oladi.