Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Messi Jahon chempioni bo‘ladi! FIFA 23 Jahon chempionatining barcha o‘yinlarini simulyasiya qildi

Messi Jahon chempioni bo‘ladi! FIFA 23 Jahon chempionatining barcha o‘yinlarini simulyasiya qildi

Baho:
+ | -

Yilning eng yirik sport voqeasi bo‘lgan futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionati boshlanish arafasida. Va FIFA 23 o‘zining 2022 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazishga qaror qildi, u yerda orzu qilingan Jahon chempionatida kim qatnashishini bilib oldi.

Eng qizig‘i shundaki, avvalroq Electronics Arts ketma-ket uch marta o‘tgan jahon chempionatlari g‘oliblarini aniqlagan. 2018 yilda FIFA Fransiyaning g‘alabasini, 2014 yilda Germaniyaning g‘alabasini, 2010 yilda esa Ispaniyaning ustunligini bashorat qilgandi. Keling, kanadaliklar bu safar taxmin qila oladimi, ko‘ramiz.

Guruhlardagi o‘yinlar kutilganidek o‘tdi – Braziliya, Argentina, Fransiya va Germaniya birinchi o‘rindan osonlik bilan pley-offga chiqishdi. Balki yagona sensasiya Angliya terma jamoasining "B" guruhidan chiqa olmasligi bo‘lishi mumkin edi. Dastlab ular o‘zaro uchrashuvda AQSHga yutqazdi, keyin esa Uelsni mag‘lub etdi. Biroq Jud Bellingemning goli jamoani sharmandalikdan qutqarib, 1/8 finalga olib chiqdi.

"H" guruhida haqiqiy drama yuzaga keldi: Portugaliya va Koreya pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, Gana va Urugvay uchinchi o‘rin uchun kurashdi. Shiddatli qarama-qarshilikda Afrika jamoasi 4:3 hisobida zafar quchdi.

1/8 final

Pley-off bosqichi Angliya jamoasining top-jamoalar bilan o‘yinlarga to‘liq tayyor emasligini ko‘rsatdi - ular Niderlandiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Bunga parallel ravishda Argentina terma jamoasi Daniyani, Fransiya Polshani mag‘lub etdi, Braziliya Koreya qarshiligini sezmadi, Portugaliya esa Shveysariya bilan kurashdi.

Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Senegalni 2:1 hisobida mag‘lub etib, 2002 yildan beri ilk bor chorak finalga chiqdi. Xorvatiya kutilmaganda xuddi shunday hisobda Ispaniyani mag‘lub etdi. Belgiya gol urdi va butun uchrashuv davomida Germaniya bilan o‘yinda ustunlik qildi, biroq Xans-Diter Flik shogirdlari so‘nggi daqiqalarda o‘yinni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdi va ¼ finalga yo‘l olishdi.

1/4 final

Chorak finaldagi keskinlik jamoalarga kuchli ta’sir ko‘rsatdi – jamoalar himoyaviy o‘ynab, maydon markazida to‘pni nazorat qilishga harakat qilishdi. Natijada birdaniga uchta o‘yin bitta gol farqi bilan yakunlandi:

Argentina Lionel Messining goli evaziga Niderlandiyani mag‘lub etdi;

Fransiya Kilian Mbappening muvaffaqiyatli yugurishi tufayli AQSHni mag‘lub etdi;

Portugaliya Krishtianu Ronalduning zarbasi evaziga Xorvatiyani ortda qoldirdi.

Braziliya esa 2014 yildagi sharmandali mag‘lubiyatidan keyin ilk bor jahon chempionatida Germaniya bilan to‘qnash keldi. Va bu safar hammasi boshqacha bo‘ldi - Vinisius va uning jamoasi 3:0 hisobida nemislar ustidan g‘alaba qozondi. Sakkiz yil oldingi sharmandali mag‘lubiyatga munosib javob.

1/2 final

Yarim final bahslarini deyarli finalga teng tarzda o‘tdi. Kunning birinchi o‘yinida jamoadoshlar to‘qnash kelishdi: Lionel Messi va Kilian Mbappe. Tajriba va po‘lat asablar Argentina terma jamoasining 1:0 hisobida g‘alaba qozonishini taminladi. Fransiyalik yosh yulduzga ketma-ket ikkita jahon chempioni bo‘lish nasib etmadi.

Parallel o‘yinda Portugaliya va Braziliya 120 daqiqa davomida teng kurash olib borishdi va penaltilar seriyasigacha yetib borishdi. Alison Bekerning seyvi Braziliyaga 5:4 hisobida g‘alaba keltirdi.

Uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan bahsda Fransiya terma jamoasi Portugaliya qarshiligini minimal farq bilan yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Final

1990 yilgi jahon chempionatidan buyon ilk bor ikki ashaddiy raqib finalda to‘qnash keldi: Braziliya va Argentina. Uchrashuv juda keskin o‘tdi, jamoalar yana bir bor tavakkal qilmaslikka harakat qilishdi va odatdagidan ko‘proq himoyaviy o‘yin ko‘rsatishdi.

Uchrashuv taqdirini ikkinchi bo‘limda Lionel Messining aniq zarbasi hal qildi. “O‘zga sayyoralik” Jahon chempionatida g‘alaba qozonib, Argentina terma jamoasini yuqori notada tark etishga muvaffaq bo‘ldi.

Argentina 2022 yilgi FIFA 23 Jahon chempionati g‘olibi.

Turnir natijalari

Messi o‘z terma jamoasi g‘alabasidan tashqari, mos ravishda turnirning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi uchun "Oltin butsa" va "Oltin to‘p"ni ham qo‘lga kiritdi. “Oltin qo‘lqop” argentinalik darvozabon Emiliano Martinesga nasib etdi.

Eng yaxshi to‘purar - Lionel Messi (8 gol)

Turnirning eng yaxshi futbolchisi - Lionel Messi

Turnirning eng yaxshi darvozaboni - Emiliano Martines

2022 yilgi jahon chempionati ramziy terma jamoasiga asosan Braziliya va Argentina futbolchilari kirishdi:

Darvozabon: Emiliano Martines (Argentina)

himoyachilar: Joau Kanselu (Portugaliya), Rafael Varan (Fransiya), Markinyos (Braziliya), Markos Akunya (Argentina);

yarim himoyachilar: Leandro Paredes (Argentina), Rodrigo De Paul (Argentina);

hujumchilar: Vinisius Junior (Braziliya), Lionel Messi (Argentina), Kilian Mbappe (Fransiya), Risharlison (Braziliya).

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi hodisalarning hammasi videoo‘yinda sodir bo‘lgan. Real hayot bilan aloqasini esa Jahon chempionati yakunida bilib olamiz!

Kiritildi: 10:15, 09.11.2022.
O'qildi: 5801 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.