Ispaniya chempionatining 14-turida “Sevilya” o‘z maydonida “Real Sosyedad”ni qabul qildi.
Ivan Rakitich andalusiyaliklarning asosiy tarkibiga tushdi, u uchun bu o‘yin La Ligadagi 400-o‘yin bo‘ldi.
Ivan "Sevilya" uchun 200, "Barselona" uchun 200 o‘yin o‘tkazgan.
Futbolchi kataloniyaliklar bilan 4 marta - 2014/15, 2015/16, 2017/18 va 2018/19 yilgi mavsumlarda chempionlikni qo‘lga kiritgan.