"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba jarohati tufayli o‘tkazib yuboradigan jahon chempionati oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Xudoning men uchun boshqa rejalari bor ekan. Jamoamni, xalqimni, yurtimni muxlis sifatida tashqaridan qo‘llab-quvvatlayman. Mening yuragim Fransiya termasi bilan qoladi. Turnir uchun so‘nggi tarkibga kirgan barcha o‘yinchilarga omad!”, dedi Pogba ijtimoiy tarmoqda.