Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Germaniya va Ispaniya bo‘lgan guruhda Yaponiya qanday jon saqlab qoladi?

Germaniya va Ispaniya bo‘lgan guruhda Yaponiya qanday jon saqlab qoladi?

Baho:
+ | -

Yaponiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokini 23 noyabr kuni boshlaydi.

Germaniya va Ispaniyani o‘z ichiga olgan guruhdan chiqish deyarli imkonsiz, ammo jamoaning ijobiy holatlariga to‘xtalamiz.

Yaponiya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi ishtiroki tarixi

Yaponiya terma jamoasi 1998 yilda jahon chempionatida debyut qilgan va shundan beri turnirlarni o‘tkazib yubormagan. 1998, 2006 va 2014-yillarda yaponiyaliklar pley-offga chiqa olmagan, 2002, 2010 va 2018 yillarda esa guruhdan keyingi bosqichga yo‘l olgan, biroq 1/8 finalda o‘z yurishini to‘xtatgan. Katta ehtimol, Qatarda ham "samuraylar"ning sensasiya ko‘rsatishi qiyin.

Jahon chempionatlarida Yaponiya termasi bilan guruhda kimlar bo‘lgan?

Yaponlar bir qarashda guruhdan chiqib ketish ehtimoli bordek ko‘rinadigan kvartetga ega. Yaqqol favoritlar Germaniya va Ispaniya. Shu jihatdan osiyoliklarning Yevropa jamoalari qiyinchiliklarini yengib o‘tishi ancha mushkul. Buning ustiga, Kosta-Rika ham jahon chempionatlarida sensasiya yaratishni biladigan jamoalardan biri hisoblanadi.

Yaponiya terma jamoasi Jahon chempionatida qanday o‘ynashi va qaysi o‘rinni egallaydi?

Yaponiya terma jamoasi uchun guruhdan chiqish ham ajoyib natija bo‘ladi, bunga erishish juda qiyin bo‘ladi. Agar osiyoliklar birinchi bosqichni yengib o‘tishsa, bundan keyingi bosqich oson bo‘lmaydi, demak, 1/8 final yakuniy orzudek tuyuladi.

Yaponiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadigan 26 ta futbolchi nomini e’lon qilgan.

Darvozabonlar: Syuiti Gonda («Simidzu»), Deniyel Shmidt («Sent‑Truyden»), Eydzi Kavasima («Strasburg»).

Himoyachilar: Miki Yamane («Kavasaki Frontale»), Xiroki Sakai («Urava Reds»), Maya Yosida («Shalke»), Takexiro Tomiyasu («Arsenal»), Sogo Taniguti («Kavasaki Frontale»), Kou Itakura («Borussiya» Menxengladbax), Yuto Nagatomo («Tokio»), Yuta Nakayama («Xaddersfild»), Xiroki Ito («Shtutgart»).

Yarim himoyachilar: Vataru Endo («Shtutgart»), Xidemasa Morita («Sporting»), Ao Tanaka («Fortuna»), Gaku Sibasaki («Leganes»), Kaoru Mitoma («Brayton»), Daiti Kamada («Ayntraxt»), Takefusa Kubo («Real Sosyedad»).

Hujumchilar: Daydzen Maeda («Seltik»), Takuma Asano («Boxum»), Ayase Ueda («Serkle Bryugge»), Yuki Soma («Nagoya Grampus»), Dzyunya Ito («Reyms»), Risu Doan («Frayburg»), Takumi Minamino («Monako»).

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 20:38, 11.11.2022.
O'qildi: 2584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.