«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning chempionlik poygasi haqidagi so‘zlariga javob qaytardi.
"Birinchi navbatda o‘yinimizni kundan-kunga yaxshilashni istaymiz. Muvaffaqiyatga erishsak, chempionlik uchun imkoniyatimiz sezilarli darajada oshadi.
Har kuni biz yaxshiroq bo‘lishni xohlaymiz, biz bosqichma-bosqich yetib kelamiz. O‘yinimiz barqarorroq bo‘ldi, lekin har kuni buning ustida ishlashimiz kerak.
Gvardiolaning fikri? Men bu masalaga izoh berishni xohlamayman. Men xohlagan yagona narsa - ligada iloji boricha yuqori o‘rinlarni egallash va jamoaning imkon qadar yaxshi o‘ynashi", — deydi Arteta.