Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ivan Boshkovich: “Paxtakor”ni haqli g‘alabasi bilan tabriklayman!”

Ivan Boshkovich: “Paxtakor”ni haqli g‘alabasi bilan tabriklayman!”

Baho:
+ | -

Superliganing so‘nggi turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” (0:2) uchrashuvidan keyin "qaldirg‘ochlar" ustozi Ivan Boshkovich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin haqida nima deyishim mumkin? “Paxtakor”ni haqli g‘alabasi bilan tabriklayman! Biz uchrashuv uchun ishlab chiqqan rejalarimizni amalga oshira olmadik. Raqib dastlabki daqiqalardanoq bizning jarima maydonchamizda paydo bo‘lishdi. Vaziyatlarni yuzaga keltirishdi va darvozamizni ishg‘ol qilishdi. Ikkita gol o‘tkazib yuborganimizdan qiyin bo‘lishi aniq edi va shunday ham bo‘ldi. Taktikani o‘zgartirdik, to‘pni ko‘proq nazorat qildik. Hisobni qisqartirish uchun imkoniyat yarata oldik. Tarkibda o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Umumiy xulosa shuki, ruhiy tomondan kuchsizroq ko‘rindik. Qolaversa, “konsentrasiya”miz yaxshi bo‘lmadi, ayniqsa, birinchi bo‘limning dastlabki yigirma daqiqasida", — dedi Boshkovich.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 21:37, 12.11.2022.
O'qildi: 1379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик