Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor - Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

Qatardagi jahon chempionatida g‘olib va ishtirokchilar qanchadan mukofot oladi?

Qatardagi jahon chempionatida g‘olib va ishtirokchilar qanchadan mukofot oladi?

Baho:
+-1 | -

2022 yilgi jahon chempionati Qatarda 20 noyabr kuni boshlanadi va 18 dekabrga qadar davom etadi. Har bir jamoa FIFA tomonidan kafolatlangan pul mukofotini oladi. Yilning asosiy turniri ishtirokchilari qancha daromad olishini ko‘rib chiqamiz.

JCH-2022 g‘olib va sovrindorlari qancha pul oladi?

FIFA rasmiy bayonotiga ko‘ra, Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining mukofot jamg‘armasi 440 million dollarni tashkil qiladi. Bu 2018 yilgi turnirdan 40 millionga ko‘p. Braziliyada esa undan ham kamroq — 358 million dollar.

Shu bilan birga, barcha jamoalar jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 1,5 million dollar ishlab topadilar. Shuningdek, ular guruh bosqichidagi ishtiroki uchun 9 million dollar olish huquqiga ega. Turnir g‘olibi rekord darajadagi 42 million dollarga ega bo‘ladi. Shunday qilib, jami jahon chempioni Qatardan 52,5 million dollar oladi.

Kumush medal sohibi 30 million dollar, bronza medal sohibi 27 million dollar, to‘rtinchi jamoa esa 25 million dollar oladi.

Qolgan jamoalarning byudjeti quyidagicha:

5-8-o‘rinlar – 68 million dollar (har biri 17 milliondan);

9-16-o‘rinlar - 104 million dollar (har biri 13 milliondan).

Bundan tashqari FIFA klublarga futbolchilarning jahon chempionatidagi o‘yinlari uchun kompensasiya to‘lash uchun yana 209 million dollar ajratdi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘lovlarning umumiy miqdori taxminan 1 milliard dollarni tashkil qiladi. Va bu mutlaq rekorddir.

Jahon chempionati g‘oliblari avval qancha olishgan?

Fransiya terma jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib chiqqani uchun FIFAdan 38 million dollar olgan bo‘lsa, Germaniya 2014 yilda 35 million dollar olgan. Har bir yangi turnirda bu mablag‘ ortib bormoqda.

Qatarning JCH-2022dan oladigan daromadi

JCH-2022 tashkiliy qo‘mitasi raisi Nosir Al-Xaterning aytishicha, Qatar turnirga tayyorgarlik ko‘rish uchun kiritilgan sarmoyadan ikki barobar ko‘p daromad olishni kutmoqda.

“Bunday keng miqyosdagi turnir o‘tkazilsa, odatda turistik faollik oshadi. Misol uchun, bu Braziliya va Rossiyada oldin sodir bo‘lgan. Tadbirdan kutilayotgan daromad 17 milliard dollarni tashkil qiladi. Shu bilan birga, xarajatlar deyarli 8 milliard dollarga teng”, dedi Al-Xater Courriyer International nashriga.

Kiritildi: 12:07, 13.11.2022.
O'qildi: 8986 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.