Turkiya Superligasining 5-tur bahslari yakunlandi. Tur doirasida jami 9 ta uchrashuv o‘tkazildi.
"Beshiktosh" o‘z maydonida "Erzurumspor"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. "Chaykur Rizespor" "Eyupspor" mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Turning eng yirik natijalaridan biri Samsunda qayd etildi — "Samsunspor" "Arja Chorum"ga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Alanyaspor" — "Gyoztepe" bahsi 2:2 hisobida yakunlandi. "Konyaspor" "Trabzonspor"ni 1:0, "Qosimposho" esa "Genchlerbirligi"ni 2:1 hisobida yengdi.
O‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev to‘p tepayotgan "Istanbul Bashakshehir" esa turning eng og‘ir mag‘lubiyatlaridan birini qabul qildi. Jamoa "Amed"ga qarshi safar o‘yinida 0:5 hisobida yutqazdi.
"Galatasaroy" "Kojaelispor"ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, peshqadamlikni saqlab qoldi. "Fenerbaxche" esa "Gaziantep" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
5-turdan keyin "Galatasaroy" 13 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. "Beshiktash" 12 ochko bilan ikkinchi, "Amed" esa 10 ochko bilan uchinchi pog‘onani egallab turibdi. "Fenerbaxche" 7 ochko bilan 11-o‘rinda, "Istanbul Bashakshehir" esa 4 ochko bilan 13-pog‘onada joylashgan.















