Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Anti-Pike» bandi – bu nima?

«Anti-Pike» bandi – bu nima?

Baho:
+ | -

Ispaniya hukumatining sportga daxldor yangi qonunida alohida band bo‘ladi - «Anti-Pike». Hammasiga «Barselona» faxriysining mamlakat superkubogi uchun o‘yinni tashkillashtirishdagi hamkorligi sababdir.

Ha, Jerar Ispaniya qonunchiligida iz qoldiradigan bo‘ldi.

Xo‘sh, Ispaniya hukumatining sportga doir yangi qonun lo­yihasiga kiritilgan «Anti-Pike» bandi mohiyati nima? Qonun hujjatlarining yakuniy tahriri allaqachon tayyor va tez orada deputatlar kongressida ovozga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, faoliyati davom etayotgan sportchining o‘zi ishtirok etishi ehtimoli bor mamlakat musobaqalari bilan tijorat masalasida aloqa o‘rnatishi taqiqlanadi. Gap shundaki, o‘tgan yil bahorda Jerar Pike Ispaniya superkubogi turniri Saudiya Arabistonida tashkil etilishida vositachilik qilgani ma’lum bo‘lgandi. Aniqroq aytsak, «Barsa» sardori Saudiya Arabistoni tomoni ilgari surgan taklifni o‘ziga qarashli Kosmos kompaniyasi orqali Ispaniya sport federasiyasiga yetkazgan. To‘g‘ri, RFEF (Ispaniya Qirollik futbol federasiya­si) hammasi qonun doirasida amalga oshirilganini ta’kidladi va buni futbolchi ham tasdiqladi. Har holda, federasiya prezidenti Luis Rubia­lesning aytishicha, Pike vositachilik uchun komission haq olgan emas. Lekin Saudiya Arabistoni uning kompaniyasi hisob raqamiga 4 million yevro o‘tkazib bergan.

Jerar Pike bu boradagi ayblovlarni bir necha marta inkor etdi. U bot-bot o‘z ishida noqonuniy tomoni yo‘qligini ta’kidlamoqda: «Biz amalga oshirgan barcha harakatlar qonuniydir. Yuzimni boricha ko‘rsataman, chunki yashiradigan hech narsa yo‘q. Qisqasi, nimanidir yashirmayapman, aksincha, Kosmos vositasida qilgan ishimdan faxrlanaman». Biroq sport to‘g‘risidagi yangi qonun bo‘yicha amaldagi sportchining bunday kelishuvlarda ishtirok etishi taqiqlanadi. Oddiy aytganda, bu endi noqonuniy hisoblanadi. To‘g‘ri, ushbu qonun oldingi holatlarga qaratilmasligi tayin, shunday ekan, Pikega Ispaniya superkubogidagi vositachiligi uchun hech qanday tahdid yo‘q. Faqat uning familiyasi Ispaniya qonunchiligiga kirgani qoladi, xolos.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:00, 13.11.2022.
O'qildi: 2234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.