Goal.com nashri xabariga ko‘ra, "Nyukasl" klubi "Veles Sarsfild" yarim himoyachisi Maksimo Perronega qiziqish bildirmoqda.
Nashrning yozishicha, "qarg‘alar" murabbiylar shtabi 19 yoshli yarim himoyachida katta imkoniyatlarni ko‘rmoqda va yanvar oyida transfer bo‘yicha taklif bilan chiqishga tayyor. Potensial kelishuv 8,5 million yevroga baholanmoqda. Perronening amaldagi klubi bilan shartnomasi 2023 yil oxirigacha amal qiladi.
Futbolchi "Veles" uchun barcha musobaqalarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













