Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Jahon chempionatida terma jamoalarning liboslari qanday ko‘rinishga ega?(1-qism)

Jahon chempionatida terma jamoalarning liboslari qanday ko‘rinishga ega?(1-qism)

Baho:
+ | -

Jahon chempionati boshlanishiga bir necha kun qoldi. Terma jamoalar boshlanajak turnirda qanday liboslarda harakat qilishini bilib oling. O‘ziga xosliklar har bir libosda uchraydi.

Qatar - Nike

Qatar terma jamoasining asosiy libosi konservativ uslubda yaratilgan. Nike kompaniyasi futbolka mamlakat davlat bayrog‘i ranglarida tayyorlanganini, manjetlar esa o‘ziga xos oq tishlar bilan bezatilganini ta’kidladi.

Ekvador - Marathon

Ekvadorliklarning asosiy liboslarida sariq rang bo‘lishi tabiiy. Ammo bu yerda minimalizm aniq va yorqin konturlar bilan saqlanadi. Zaxira liboslar esa ancha zamonaviy ko‘rinadi.

Senegal - Puma

Senegal terma jamoasi libosi, agar ko‘kragida davlat bayrog‘i ranglarida tikilgan naqsh bo‘lmaganida, beqiyos bo‘lar edi.

Niderlandiya – Nike

Niderlandiya terma jamoasining taxallusi "Orange". Aynan shu ranglarda ular ko‘p yillardan beri o‘z liboslarida foydalanadi. Ammo Qatarda ularning formasi avvalgilaridan farq qiladi, asosiy libos to‘q sariq ranglarda yaratilgan. Raqamlarning shrifti ham g‘ayrioddiy.

Angliya - Nike

Angliya terma jamoasining jahon chempionatidagi asosiy libosi JCH-90ga o‘xshatma qilingan. Oq futbolka, ko‘k shortilar va yelkalardagi naqshlar.

Eron - Majid

Eron sanksiyalar ostida, shuning uchun milliy terma jamoa mahalliy forma ishlab chiqaruvchisi xizmatidan foydalangan. Adidas bu jamoa bilan shartnomani bekor qildi va 2018 yilda Nike jamoaga va’da qilingan butsalar to‘plamini umuman yetkazib bermadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari - Nike

2022 yilgi jahon chempionati uchun liboslar Qo‘shma Shtatlarda taqdim etilganida, butun mamlakatni norozilik to‘lqini qamrab oldi. Asosiy libosning dizayni eng minimalist uslubda yaratilgan. Ko‘pchilik NFL'da bo‘lgani kabi Nike logotipini ko‘krakdan yengga o‘tkazish g‘oyasini tushunmadi.

Uels - Adidas

UYElsliklar Qatarga o‘zlarining “olovli” liboslarida boradilar. Yashil yoqaga ega bo‘lgan qizil futbolka asosiy forma hisoblanadi.

Argentina - Adidas

Yana bir klassik o‘xshatma. Argentina jahon chempionatida to‘q ko‘k chiziqlar bilan qiziqarli ko‘rinishga ega bo‘lgan chiziqli libosda o‘ynaydi. Ammo “Albiseleste”ning mehmon libosi ajoyib: ko‘k va binafsha ranglarning yorqin kombinasiyasidan foydalanilgan.

Saudiya Arabistoni - Nike

Saudiyaliklar ikkala libosi ham chempionat noodatiy liboslaridan. Asosiy forma yashil rangda o‘ziga xos naqshlarga ega. Zaxira to‘plam deyarli sezilmaydigan tuklar bilan bezatilgan yuqori sifatli devor qog‘oziga o‘xshaydi. Juda original yechim.

Meksika - Adidas

Meksika ikkala to‘plamda ham o‘z mamlakati afsonalariga hurmat ko‘rsatdi.

Polsha - Nike

Polsha klassik oq va qizil to‘plamlarda o‘ynaydi. Asosiy oq rang mamlakat gerbiga ishora qiluvchi yelkalarda burgut patlari shaklida bilan bezatilgan naqshlar mavjud.

Fransiya - Nike

Fransuzlar har doim yirik turnirlarda chiroyli formada ko‘rinish berishgan. Asosiy to‘plam oq shortilar bilan birgalikda ko‘k rangdagi futbolka.

Avstraliya - Nike

Sariq va yashil ranglarning kombinasiyasi Avstraliya jamoasining klassik uslubi bo‘lib, mamlakatning o‘rmonlari va cho‘l landshaftlarini nazarda tutadi.

Daniya - Hummel

Daniyaliklarning formasi Qatar va mamlakatdagi inson huquqlari buzilishiga qarshi ochiq norozilikdir. Raqamlardan tashqari barcha emblemalar ko‘rinmas holatda joylashtirilgan.

Tunis - Kappa

Tunisning liboslari asosiy qizil va zaxirasi oq rangda. Boshqa terma jamoalar liboslaridan unchalik ajralib turmaydi.

Kiritildi: 20:24, 15.11.2022.
O'qildi: 4570 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.