Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

APLda mavsumning birinchi yarmidagi eng yaxshi futbolchilar ro‘yxati

APLda mavsumning birinchi yarmidagi eng yaxshi futbolchilar ro‘yxati

Baho:
+ | -

Biz bugun 2022-2023 yilgi mavsumning yarmiga yetib keldik. Hech kim bundan uch oy ilgari "Nyukasl" uchinchi o‘rinda bo‘ladi, "Arsenal" esa "Manchester Siti"ni ortda qoldirib, yetakchilik qiladi deb o‘ylamagan edi. Ammo asliyat shunday. Quyida mavsumning hozirgi nuqtasiga qadar eng yaxshi deb topilgan futbolchilar nomlari keltirib o‘tiladi.

10. Rodri

Pep Gvardiola kabi talabchan murabbiyning qurgan jamoasida yarim himoyachi bo‘lishni hamma futbolchi ham eplay olmaydi. Ammo Rodri "shaharliklar"ning tayanch yarim himoyasida muvaffaqiyat qozona oldi. Ayni damda ispaniyalik asosiy figuralardan biriga aylangan. U raqib hujumini buzish borasida tengsiz darajaga chiqdi.

9. Jeyms Meddison

Meddison bolaligidan orzu qilgan narsasi, Jahon chempionatiga borishga erishmoqda. Shuncha variant turib, Meddison olinishi, ko‘p narsani anglatadi, albatta. Garchand uning jamoasi, "Lester" mavsumni o‘ta yomom darajada boshlagan bo‘lsa ham, Jeyms "tulkilar"ning eng asosiy figurasiga aylanib ulgurdi. U sinmadi va klubni torta boshladi. Buning natijasi o‘laroq, hozirda terma jamoaga jalb etildi va bu haqli jarayon.

8. Brunu Gimaraynsh

"Nyukasl" muxlislarining yoqimtoyiga aylanib ulgurgan braziliyalik futbolchi, haqiqatdan ham bu mavsumni yondirmoqda. Yanvar oyida jamoaga kelgan Brunu, dastlab hammada "Nyukasl" uchun darajasi balanddek ko‘ringandi. Amalda ham shunday bo‘lgan. Ammo u "qarg‘alar"ni o‘z darajasiga ko‘tara oldi. Buning natijasini, bugun uning jamoasi APLning 3 pog‘onasidan joy olganida ham ko‘rishimiz mumkin.

7. Kiran Trippyer

Sautgeytning qanot himoyasi borasidagi tanloviga hech kimning e’tirozi yo‘q. Bo‘lishi ham mumkin emas. Negaki, Trippyer o‘zini katta maydonlarda isbotlay olgan futbolchi. 32 yoshli himoyachi katta tajribaga ega va bu, uning "Nyukasl" safidagi harakatlarida ham yaqqol o‘z ifodasini topmoqda.

6. Martin Edegor

Biz Edegorni zo‘r jamoa sardori deb atamagan bo‘lardik. Ammo uning ijodkorligi hammasini yopib ketadi. "Arsenal"ning hujumlari yaralishida katta o‘rin tutayotgan shaxs bu Edegordir. U Arteta nima xohlayotganini biladi va buni maydonda ro‘yobga chiqaradi. Bu mavsumda Martinning jamoadagi o‘rni muhimlashdi va mustahkamlandi.

5. Xarri Keyn

Hech qachon Keyn mavsumni bu safargidek boshlamagan. Ingliz hujumchisining hisobida hozirgacha 12 ta gol bor va bu gollar 15 ta bahsda kiritilgan. Shunga qaramay, u yetakchi emas. Gollar borasida Xoland undan ustunroq. Tabiiyki, bu narsa Keynning ro‘yxatning 5 o‘riniga tushirib qo‘ydi.

4. Migel Almiron

Almiron "Nyukasl"ning yetakchisi emas. Bu aniq. Ammo paragvaylik hujumchining qobiliyati, shubhasiz yuqori darajada. Buni ro‘yobga chiqarishda esa to‘g‘ri murabbiylikning o‘rni beqiyosdir. Bu mavsumda Almiron bir nechta go‘zal gollarga mualliflik qildi. Buning natijasi o‘laroq, u oktyabrning eng yaxshi o‘yinchisi va gol muallifi deb topildi.

3. Vilyam Saliba

Salibada himoyachilarga xos bo‘lgan hamma narsa bor. U yirik gavda tuzilishiga ega, kuchli, tezkor va aqlli. Shu sabab uni Virjil van Deykka qiyoslash mumkin. Ha, u yosh. Shu sababli ba’zida ahmoqona xatolarga yo‘l qo‘yadi. Ammo buni to‘g‘irlash mumkin. Hammasi vaqt masalasidir.

2. Kevin De Bryuyne

Shubhasiz, istalgan muxlis APL tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi kim deyishsa, hech ikkilanmasdan Kevin deb javob beradi. De Bryuynening yutug‘i shundaki, u o‘z darajasini barqaror ravishda ushlab tura oladi. Uning har ikki oyoqda, maydonning istalgan joyidan gol ura olishi esa, futbolchining qiymatini yanada oshiradi. Bu mavsum ham "shaharliklar"ning yurishlari usiz kechmayapti.

1. Erling Xoland

U gol urishni yaxshi ko‘radi. G‘alaba qozonishni ham. "Manchester Siti"da esa Xoland o‘sha istaklarini amalga oshirmoqda. Nima ham derdik, bu yo‘lda unga omad tilab qolamiz. Harxolda, 14 ta turda 18 ta gol urish aqlga sig‘maydigan natija. Bu hali hammasi emasligi aniq. APL norvegiyalikka o‘xshash individni tarixda ko‘rmagan edi...

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 23:23, 15.11.2022.
O'qildi: 2414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.