«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Viktor Lindelyof Krishtianu Ronalduning shov-shuvli intervyusiga izoh berishdan bosh tortdi.
Jurnalistlar shveddan jamoadoshining shov-shuvli bayonotlari haqida qanday fikrda ekanligini bilishni istashdi, ammo undan kerakli javobni olishmadi: “Bilmayman. Keyingi savolga o‘ting, chunki men bunga javob bermayman - bu mening qarorim", - deya 28 yoshli markaziy himoyachining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Shvesiya matbuoti.