Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Eldor Shomurodov: «Bugun barcha rejalarimiz amalga oshdi»

Eldor Shomurodov: «Bugun barcha rejalarimiz amalga oshdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Qozog‘istonga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng (2:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalo kun sovuq bo‘lishiga qaramay stadionga tashrif buyurgan muxlislarga rahmat aytaman. Bugun o‘ylagan barcha rejalarimiz amalga oshdi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda 2ta gol urib oldik. Ikkinchi bo‘limda esa ko‘proq himoyaga e’tibor qaratib, gol o‘tkazib yubormaslikka harakat qildik. Hali kamchiliklarimiz bor. Buning ustida ishlaymiz. Qozog‘iston terma jamoasi ham yaxshi o‘yin namoyish etdi.

Terma jamoa eng yaxshi to‘purar bo‘lgan Maksim Shaskixning  rekordini takrorlashimga bir gol qoldi. Albatta, bu rekordni yangilashni istayman. Bu tarixda qoladigan fakt. Bu rekordni yangilab olsam, u yog‘i ruhiy jihatdan osonroq bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Rossiyaga qarshi o‘yin yanada qiyinroq bo‘ladi. Chunki ular nafaqat jismoniy jihatdan balki, texnik va taktik jihatdan ham kuchli hisoblanadi. Ularga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ham o‘zimizni yaxshi jihatdan ko‘rsatishga intilamiz.

"Roma"dagi rejalar? Hozir terma jamoa safidaman. Shu bois, bu haqda keyinroq gaplashamiz", — dedi Shomurodov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:02, 16.11.2022.
O'qildi: 2447 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.